Sello ekotizimi mahsulot va xizmatlar sifatini boshqarishni yaxshilash uchun ISO 9001:2015 – xalqaro standart sertifikatiga ega bo‘ldi
Kompaniya bosh direktori Iskandar Yusupov kompaniya uchun sertifikat olishning ahamiyati haqida o‘z fikrlari bilan bo‘lishdi va uni olish jarayoni haqida so‘zlab berdi.
To‘rt yil davomida Sello ekotizimida ichki operatsiyalarni optimallashtirish va mijozlar bilan o‘zaro munosabatlarni yaxshilash imkonini beruvchi biznes-jarayonlar faol ishlab chiqildi va joriy etildi. Bundan tashqari, Sello o‘zining jadal faoliyati natijasida jarayonlarni raqamlashtirish va avtomatlashtirish sohasida katta tajriba to‘plagan. Sello’ning asosiy o‘ziga xos xususiyati shundaki, kompaniya mustaqil ravishda, noldan, tayyor yechimlarsiz va mahalliy bozor uchun batafsil ishlab chiqilmagan rejalarsiz yaratilgan. Dasturiy mahsulot mahalliy mutaxassislar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, kontekst va o‘ziga xos infratuzilmani o‘z ichiga oladi, bu esa foydalanuvchilar va mijozlar ehtiyojlariga yuqori darajadagi moslashuvni ta’minlash imkonini beradi. Kompaniya maksimal unumdorlik va qulaylikni kafolatlash uchun tizim arxitekturasidan tortib, foydalanuvchi interfeysigacha bo‘lgan xizmatning har bir jihatiga alohida e’tibor qaratdi. Ushbu murakkab vazifani amalga oshirish uchun loyihaning texnologik hamkori Tune Consulting kompaniyasi jalb etildi
Sello savdo belgisi "MARKETPLACE TRADING" aksiyadorlik jamiyatiga tegishlidir. 2024 yilda kompaniya mas’uliyati cheklangan jamiyatdan aksiyadorlik jamiyatiga aylantirish jarayonini yakunladi. O‘zgartirish kompaniyaga korporativ boshqaruvni joriy etish va investitsiyalarni jalb qilishni kengaytirish imkoniyatini yaratdi.
Asosiy g‘oya B2B va B2C segmentlari uchun oddiy va ishonchli xizmat yaratishdan iborat edi. B2B uchun Order Management System’ni to‘liq qamrab olgan mantiqni yaratildi, bunda biznes o‘z faoliyatini to‘liq amalga oshirishi mumkin. Masalan, Sello Market mahsuloti doirasida biznes o‘z tovarlarini joylashtirishi va ularni butun respublika bo‘ylab sotishi mumkin.
"Tasavvur qiling, Rishton keramika ishlab chiqaruvchisi o‘z mahsulotini nafaqat o‘z hududida, balki butun mamlakat bo‘ylab sotishi mumkin. Yoki xorazmlik tadbirkor bizning platformamiz yordamida mamlakatning istalgan nuqtasiga sotuvlarni amalga oshirishi mumkin. Sello ekotizimi doirasida buyurtmalarni samarali yetkazib berishni ta’minlash uchun Sello Logistics mahsuloti yaratildi. Ushbu xizmat mahsulotni First Mile orqali olib ketishdan tortib, tarqatish markazida qayta ishlash va Last Mile Delivery formatida yetkazib berishgacha bo‘lgan jarayonni to‘liq tashkil etish imkonini beradi," - deydi Iskandar Yusupov.
Kompaniyaning Toshkentda 20 ta transport vositasi, mamlakat bo‘ylab 70 dan ortiq buyurtmalarni topshirish punktlari va poytaxtda 25 ta postamati mavjud. To‘lovlarni amalga oshirish va bizneslarga ekvayring xizmatlarini taqdim etish uchun Sello Pay mahsuloti mavjud bo‘lib, uning yordamida tadbirkorlar nafaqat QR-kodlar va o‘z veb-saytlari orqali to‘lovlarni qabul qilishlari, balki o‘z platformalarida ekvayringni integratsiya qilishlari ham mumkin, bu esa moliyalarni boshqarish va mijozlar bilan muloqot qilish imkonini beradi.
B2C segmentida esa, foydalanuvchilar 150 000 dan ortiq tovar takliflariga ega bo‘lib, Sello Market’dan foydalanishlari mumkin bo‘lgan noyob Sello super-ilovasini yaratishga muvaffaq bo‘lindi. Ular Sello Logistics orqali yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari yoki mamlakat bo‘ylab topshirish punktlaridan va postamatlardan buyurtmalarni olishlari mumkin. Sello Pay bo‘limida foydalanuvchilar kommunal, mobil aloqa uchun to‘lovlarni amalga oshirishlari va 2500 dan ortiq merchantlar bilan hisob-kitob qilishlari mumkin. Sello Logistics mijozlarga ikkita variantni taklif qiladi: Sello Pick Up va Sello Post. Sello Pick Up yordamida foydalanuvchi avtomobilga buyurtma berishi va A nuqtadan B nuqtagacha yetkazib berish xizmatlaridan foydalanishi mumkin, Sello Post esa mijozga istalgan BTPga kelib jo‘natmani yuborishi yoki mamlakatning istalgan nuqtasiga pochta jo‘natish uchun kurerni chaqirish imkonini beradi.
ISO 9001:2015 sertifikatsiyasidan o‘tish to‘g‘risida
"Ma’lum bir paytda dasturiy ta’minot shaklida qimmatli nomoddiy aktiv yaratganimizni angladik. Texnologik kompaniya sifatida biz foydalanuvchilar uchun biznes va super-ilova platformasini taqdim etamiz," - deb ta’kidladi Sello ekotizimi boshqaruvchisi va bosh direktori Iskandar Yusupov.
2024 yilda jamoa kompaniyaning barcha ishlanmalari, loyiha hujjatlari, yo‘riqnomalari va reglamentlarini rasmiylashtirgan holda data-room yaratishni maqsad qilgan. Bu to‘rt yil ichida yaratilgan ikkinchi muhim nomoddiy aktiv bo‘lib, uning blok-sxemalar, yo‘riqnomalar va reglamentlar shaklida rasmiylashtirilishi kompaniyaning asosiy aktiviga aylandi.
Reglamentlash va jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun kompaniya sifat menejmenti tizimiga talablarni belgilovchi ISO 9001:2015 standartiga yuzlandi.
ISO 9001:2015 xalqaro standart bo‘lib, u tashkilotlarga o‘z mahsulotlari va xizmatlari sifatini boshqarishni yaxshilashga yordam beradi. U mijozlarning ehtiyojlarini qondirish va doimiy yaxshilanishga erishish uchun kompaniya qanday qilib o‘z jarayonlarini tashkil qilishi kerakligi singari talablarni o‘z ichiga oladi.
2024-yil fevral oyida Sello tajribali maslahatchilarni jalb qilgan holda loyiha tashabbusi bilan chiqdi va xodimlar orasidan ishchi guruh tuzdi. Sakkiz oy davomida jamoa biznes-jarayonlar, ya’ni, budjetlashtirish, rejalashtirish, monitoring va nazorat, amalga oshirish, loyihalash va yaratish reglamentlarini ishlab chiqdi va tizimlashtirdi:
Xodimlar o‘zlarining kundalik harakatlarini batafsil qayd etish uchun uchta yo‘nalishning har bir bo‘limi bilan ishlash kerak edi: Logistics, Pay va Market. Audit bo‘yicha ichki ishchi guruh jarayonlarni nazorat qildi va yangi jarayonlar va yo‘riqnomalar munosabati bilan hujjatlar va reyestrni muntazam ravishda yangilab borish uchun mas’ul bo‘lgan biznes-jarayonlar bo‘yicha menejer pozitsiyasini kiritdi. So‘ngra audit o‘tkazish va standartlarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlash organi zarur edi.
Tanlov natijalariga ko‘ra, sertifikatlashtirishni amalga oshiruvchi xalqaro kompaniyalar orasidan "UNITED REGISTRAR OF SYSTEMS LIMITED" sertifikatlash bo‘yicha ingliz tashkilotining O‘zbekistondagi rasmiy vakolatxonasi bo‘lgan "URS REGISTRAR SA" MChJ kompaniyasi tanlab olindi. Ushbu sertifikatlashtirish organi 30 yillik ish tajribasiga va butun dunyo bo‘ylab 50 mingdan ortiq mijozlarga ega.
Audit natijalari Sello Market asosiy foyda markazlari, Sello Pay to‘lov tizimi xizmatlari va Sello Logistics logistika xizmatlari doirasida kompaniya jarayonlarini boshqarishning yuqori darajasini ko‘rsatdi.
"Sello kompaniyasi mijozlarni qoniqtirish va sifatli ish yuritishga asoslangan tavakkalchilikni boshqarish tizimini yaratishga erishdi. Ushbu tizim har bir jarayon va xodimning samarali ishlashi orqali foyda olishga qaratilgan. Bu esa Sello ekotizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari to‘g‘ri ekanligini ta’kidlaydi. Chunki bunday tizim har qanday biznesning barqarorligi kafolati bo‘lib, har qanday tashkilotning natijasi va muvaffaqiyatiga 80% ta’sir ko‘rsatadi," - deydi sertifikatlashtiruvchi organ bosh direktori Dmitriy Alaudinov.
Natijada Sello kompaniyasiga elektron tijorat, fintex va logistika xizmatlari sohasida ISO 9001:2015 standartiga muvofiqligini tasdiqlovchi sertifikat taqdim etildi. Ushbu tadbir sertifikatni tantanali topshirish doirasida bo‘lib o‘tdi.
"Kompaniyaning hammuassisi va bosh direktori sifatida men uchun ushbu sertifikat alohida ahamiyatga ega. Kichik jamoani boshqarishda og‘zaki kelishuvlar va sezgiga tayanishim mumkin. Biroq kompaniya o‘sib borgani sayin, yagona qaror qabul qiluvchi bo‘lib qolishim mumkin emas. Biznesni kengaytirishda yangi xodimlarning moslashuvini osonlashtirish uchun jarayonlarni rasmiylashtirish zarur. Bu menga maqsadlarimizga yanada tizimli va aniq yo‘naltirilgan tarzda intilish imkonini beradi," - deb ta’kidlaydi Iskandar Yusupov.
Sello kompaniyasining maqsadi – xizmatlardan foydalanishda ishonchlilikni ta’minlash orqali odamlarning hayotini osonlashtirishdir. Sertifikat biznesni kengaytirish yoki yangi hamkorlarni jalb qilishda barqarorlikni saqlashga yordam beradi. Kompaniyadagi yangi odam tashkilotning ko‘rinishi, missiyasi va maqsadlari bilan tanishishi, shuningdek, Sello nima uchun o‘z faoliyatini amalga oshirishi va nimaga e’tibor qaratishi sabablarini tushunishi muhimdir.
Reklama huquqi asosida