Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni topshirildi
Prezident dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yo‘ldoshevaning ishlarini e’tirof etdi.
Prezident raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi ishlar natijadorligi va 2025 yil uchun ustuvor vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tyapti.
Tahlillar ko‘rsatganidek, ba’zi nogironligi bor insonlarda psixologik bosimlar sababli o‘ziga bo‘lgan ishonch yetishmaydi.
Lekin, o‘zida kuch topib, og‘ir vaziyatdan chiqib, qahramonlik ko‘rsatayotgan odamlar ham ko‘pligi ta’kidlandi.
Prezident dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan Denovlik Dilorom Yo‘ldoshevaning ishlarini e’tirof etdi. Bu ayol nogironligi bor bo‘lsa-da, tikuv korxonasini ochib, 40 nafar kambag‘al xotin-qizlarni ishli qildi.
– Mana shunday irodali, matonatli insonlarni hammaga o‘rnak qilib ko‘rsatsak, ular bilan har qancha faxrlansak arziydi, – dedi davlat rahbari.
Prezident farmoniga muvofiq, yig‘ilishda Dilorom Yo‘ldoshevaga “Mardlik” ordeni tantanali topshirildi.
Kelgusi yilda bunday insonlar haqida kamida 5 ta motivatsion hujjatli va badiiy filmlar suratga olish muhimligi ta’kidlandi.
Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Sh.Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.
Mavzuga oid
23:04 / 20.12.2024
Putin targ‘ibotchi Simonyanni oltinchi orden bilan mukofotladi
11:47 / 03.12.2024
BBC o‘zbekistonlik tadbirkor - Dilorom Yo‘ldoshevani «dunyo bo‘ylab ilhomlantiruvchi va nufuzli 100 ayol» ro‘yxatiga kiritdi
14:26 / 06.11.2024
Viktor Orban «Turkiy dunyo oliy ordeni» bilan mukofotlandi
12:50 / 30.09.2024