KXDR fuqarolari AQSh kompaniyalariga yollanib, soxta ismlar ortidan pul topgani ma’lum bo‘ldi
Ular nafaqat ish beruvchilarni aldagan, balki korporativ ma’lumotlarni oshkor qilish bilan tahdid etib, Shimoliy Koreya hukumatini moliyalashtirish uchun ishlagan.
Sent-Luisdagi federal sudya Shimoliy Koreyaning 14 nafar fuqarosini AQSh sanksiyalarini buzganlik va firibgarlik, 88 million dollar miqdorida pul yuvish va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash kabi ko‘p yillik fitnada aybladi. Bu haqda AQSh Adliya vazirligi xabar berdi.
Ayblanuvchilar Yanbian Silverstar va Volasys Silverstar kompaniyalari orqali Xitoy va Rossiyada ishlagan, soxta nomlar ostida Amerika IT-kompaniyalariga ishga yollangan. Bu harakatlar ularga Shimoliy Koreya hukumatini moliyalashtirish uchun sarflangan 88 million dollar daromad olish imkonini berdi. Shuningdek, mablag‘lar AQSh va Xitoy moliya tizimlari orqali Shimoliy Koreyaga o‘tkazilgan.
KXDR fuqarolari soxta veb-saytlar, soxta domenlar va soxta ismlar orqali o‘z shaxsini yashirishgan. Ular nafaqat ish beruvchilarni aldagan, balki korporativ ma’lumotlarni oshkor qilish bilan tahdid etgan. Ta’kidlanishicha, VPN, proksi-serverlar va soxta veb-saytlar xodimlarning asl manzilini yashirish uchun ishlatilgan. Shuningdek, ular Amerikadagi uchinchi shaxslarga ish beruvchi tomonidan ajratilgan noutbuklarni qabul qilish va faollashtirish uchun pul to‘lagan, keyinchalik ulardan masofadan turib foydalanilgan.
Matbuot xabarida aytilishicha, kompaniyalar imkon qadar ko‘proq pul topishi kerak bo‘lgan xodimlar o‘rtasida «sotsialistik musobaqalar» tashkil qilgan. Sxemaning ba’zi ishtirokchilari oyiga kamida 10 ming dollar ishlab olishlari kerak edi.
Adliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, bu harakatlar bir qator Amerika kompaniyalariga zarar yetkazgan, jumladan, maxfiy ma’lumotlarning tarqalishi va tovlamachilik orqali. Endi ayblanuvchilar firibgarlik, pul yuvish va shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash moddalari bo‘yicha 27 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.
Mavzuga oid
12:54
Toza havo va salomatlik uchun – Kaliforniya shtati 2035 yildan faqat elektromobillar sotuviga ruxsat beradi
09:12
Ukraina: Rossiya KXDR askarlariga soxta hujjatlar beryapti
11:59 / 22.12.2024
O‘zbekiston JSTga a’zo bo‘lish doirasida AQSh bilan bayonnoma imzoladi
11:30 / 21.12.2024