Jamiyat | 08:53 / 14.12.2024
10354
1 daqiqa o‘qiladi

“Gaz issiq o‘lkalarga uchib ketdi” - metanga navbat kutayotganlar

O‘zbekistonga sovuq havo kirib kelgani ortidan hududlardagi gaz “zapravka”lari faoliyatiga cheklovlar kiritildi. Buning oqibatida gaz to‘ldirish shoxobchalarida kilometrlab navbatlar paydo bo‘ldi. Haydovchilar avtomobiliga gaz quyish uchun 5-6 soatlab kutishga majbur bo‘lmoqda. Kun.uz muxbiri holat bo‘yicha Farg‘ona aholisi fikriga quloq tutdi.

Farg‘ona shahridagi metan-shoxobchalar oldida ham boshqa hududlardagidek turnaqator navbatlar yuzaga kelgan. Haydovchilarning aytishicha, hozir shoxobcha hududiga kirib olishning o‘zi haqiqiy baxt.

Aksariyat haydovchilarning mashinasi metanda yurishga moslashgan. Benzin qimmat, sifatlisini topish qiyin. Kun.uz bilan suhbatda bo‘lgan aholi vakillaridan biri metan “zapravka”larda aynan qaysi vaqtlarda gaz bo‘lib, qachon bo‘lmasligi haqida ma’lumot yo‘qligi, bu esa odamlarning vaqtlarini rejalashtirishga yo‘l qo‘ymayotganligini aytib, norozilik bildirdi.

Rasmiylar holatni havoning keskin sovib ketishi natijasida gaz quvurlarida bosim pasayishi sababli tabiiy gaz eng avvalo aholi va ijtimoiy soha obektlariga yetkazib berilishi bilan izohlamoqda.

Sarvar Ziyoyev, Kun.uz

Montaj ustasi: Sardor Mamirov

Mavzuga oid