Jahon | 10:44 / 14.12.2024
1627
2 daqiqa o‘qiladi

GFRda XDI/XSIning ikki a’zosi Ozarboyjonga pora evaziga yordam berganlikda ayblanmoqda

«Ozarboyjon ishi» bo‘yicha XDI/XSI sobiq deputatlari Aksel Fisher va Eduard Lintner YeKPA a’zolarini sotib olish uchun pora olganlikda ayblanmoqda.

Foto: AP

13 dekabr, juma kuni sud matbuot kotibining ma’lum qilishicha, Bundestagning muxolif konservativ XDI/XSI blokidan bo‘lgan ikki sobiq deputati «Ozarboyjon ishi» deb ataladigan ish bo‘yicha poraxo‘rlikda ayblanib, Myunxen Oliy mintaqaviy sudi oldida javob beradi. Münchner Merkur gazetasi uning so‘zlariga tayanib, jarayon 16 yanvarda boshlanishi kerakligini yozmoqda.

Aksel Fisher va Eduard Lintnerga qarshi «Ozarboyjon ishi»

«Ozarboyjon ishi» bo‘yicha ayblanuvchilar karlsruelik Aksel Fisher va Quyi Frankoniyaning Bavariya okrugidan Eduard Lintner bo‘ldi. Ulardan birinchisi poraxo‘rlikda, ikkinchisi esa Yevropa kengashi parlament assambleyasi (YeKPA)da Ozarboyjon foydasiga qarorlar qabul qilinishiga ta’sir o‘tkazish uchun saylangan mansabdor shaxslarga pora berishda ayblangan. Ikkala gumonlanuvchi ham ayblovlarni rad etyapti.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2010 yildan beri YeKPA ishi qatnashgan Lintner 2016 yilda 19 ta soxta kompaniyalar orqali bir necha million yevro olgan. Tergovchilarning fikricha, u bu mablag‘ning bir qismini o‘zi uchun zarur bo‘lgan qarorlar qabul qilinishiga ta’sir qilishi kerak bo‘lgan boshqa deputatlarga o‘tkazgan.

2010 yildan beri YeKPAda ishlagan Fisher Ozarboyjon uchun foydali nutqlar qilgan va maxfiy hujjatlarni yuborgan. Buning evaziga u 2016 yilda jami 21 800 yevro miqdorida pora olgani aytilmoqda.

Mavzuga oid