OAV: Germaniya uzra RF harbiy dronlari uchib o‘tgan bo‘lishi mumkin
Nemis tergovchilarining fikricha, Germaniya hududi uzra uchuvchisiz uchoq reydlari ortida Rossiya Mudofaa vazirligining Dengiz tubini tadqiq qilish bosh boshqarmasi - josuslik uchun mas’ul bo‘lgan dengiz floti maxsus bo‘linmasi turgan bo‘lishi mumkin.
Germaniyada yana sanoat va harbiy obektlar ustida dronlarning shubhali parvozlari qayd etilmoqda. Bu haqda Germaniyaning NDR va WDR telekanallarining 13 dekabr, juma kuni e’lon qilingan qo‘shma materialida aytiladi.
Germaniya uzra dronlar
Noma’lum dronlar Germaniya shimolida ilk bor avgust oyida paydo bo‘lgan. Brunsbyuttel hududida ular ChemCoast Park sanoat parki, ishlamayotgan atom elektr stansiyasi, STG terminali, Kil kanali va uning shlyuzlari ustidan uchib o‘tgan. NDR va WDR ma’lumotlariga ko‘ra, bular tezligi soatiga 100 kmdan oshadigan juda tez UUA bo‘lgan. Xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislarning fikricha, bunday yo‘l bilan faqat harbiy uchuvchisiz uchish qurilmalari, qanoti harakatsiz ravishda uchib o‘tishi mumkin.
Endi, noyabr oyining oxiridan boshlab, Lyudvigsxafen yaqinidagi BASF konserni zavodlari, shuningdek, AQSh harbiy-havo kuchlarining Yevropadagi shtab-kvartirasi joylashgan Ramshtayn aviabazasi uzra uchuvchisiz uchoqlar paydo bo‘la boshladi. Der Spiegel nashrining yozishicha, dekabr oyi boshida Rheinmetall mudofaa konserni korxonalari ustida ham dronlar kuzatilgan. Ular asosan tunda uchishi aytiladi.
Britaniyada 3 ta harbiy baza uzra UUA parvozi qayd etildi
Buyuk Britaniyada bir nechta noma’lum dronlarning uchta harbiy baza ustidan uchib o‘tgani qayd etildi, deb xabar berdi The Guardian gazetasi 23 noyabr kuni AQSh harbiy-havo kuchlari vakillariga tayanib.
Hisobotga ko‘ra, dronlar 20—22 noyabr kunlari Saffolk grafligidagi Leykenxit va Mildenxoll HHK bazalari, shuningdek, Norfolkdagi Feltuell bazasi uzra payqalgan. AQSh HHK rasmiylarining aytishicha, dronlarni dushmanga tegishli deb hisoblash mumkinmi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
AQSh HHKning Yevropadagi vakili so‘zlariga ko‘ra, UUA o‘lchamlari va konfiguratsiyasi jihatidan farq qiladi va ularning mavjudligi baza aholisiga yoki muhim infratuzilmaga ta’sir qilmagan. Harbiylar havo hududini kuzatishda davom etmoqda va xavfsizlikni ta’minlash uchun Buyuk Britaniya rasmiylari bilan hamkorlik qilmoqda. Britaniya Mudofaa vazirligi har qanday tahdid jiddiy qabul qilinib, mudofaa inshootlarida zarur xavfsizlik choralari ko‘rilayotganini qo‘shimcha qildi.
Avgust oyida Rossiya Germaniyaning Gaylenkirxen shahridagi NATO havo bazasida dronlar yordamida diversiya uyushtirishni rejalashtirayotgani ma’lum bo‘lgan edi. U yerda uzoq masofali radarlar va sensorlar bilan jihozlangan 14 ta Boeing E-3A Airborne Warning & Control System (AWACS) samolyoti mavjud. Ular uzoq masofalarda havo va suvusti nishonlarini aniqlashga qodir.
Mavzuga oid
12:55 / 21.12.2024
Tatariston bo‘ylab dronlar hujumi kuzatildi
15:33 / 18.12.2024
AQShdagi sirli dronlar: ular haqida nimalar ma’lum?
11:54 / 17.12.2024
Germaniyada mpox virusining xavfli shtammi bilan kasallanganlar aniqlandi
21:27 / 16.12.2024