Jahon | 08:41 / 14.12.2024
6645
2 daqiqa o‘qiladi

RF «harbiy muxbirlari»: KXDR askarlari Kursk oblastida jang qilmoqda

Shimoliy Koreya maxsus kuchlari Kursk oblasti, Sudja rayonidagi Plexovo qishlog‘iga bostirib kirdi, deya xabar bermoqda urush tarafdori bo‘lgan rossiyalik blogerlar. Ushbu ma’lumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q.

Foto: AFP

Shimoliy Koreyadan kelgan askarlar Kursk oblastining Plexovo qishlog‘ini egallab oldi. Bu haqda 12 dekabr, payshanba kuni Rossiya Federatsiyasining bir qancha «harbiy muxbirlari» xabar berishdi.

Vladimir Romanovning ta’kidlashicha, qishloq «faqat Shimoliy Koreya maxsus operatsiyalar kuchlari tomonidan» qo‘lga olingan. «Ikki soat ichida. Bu bo‘ronga o‘xshaydi», deb yozgan «harbiy muxbir». Unga ko‘ra, Ukraina Qurolli kuchlari 300 dan ortiq askarini yo‘qotgan.

6 dekabr kuni Kursk yo‘nalishidagi Plexovo haqiqatan ham Koreya jangchilari qo‘lga kiritildi. Minalangan maydon orqali 2 km yurib, yashin tezligida kirib borishdi, — deydi Yuriy Kotenok. Uning ta’kidlashicha, «operatsiya taxminan 2,5 soat davom etgan» va shimoliy koreyaliklar «o‘lgan va yaralanganlarni o‘zlari bilan olib ketishgan».

Mustaqil tasdiqlashning imkoni yo‘q

«KXDR askarlari oxirgi kuni kiritildi va 7-kuni erta tongda ular uch tomondan Plexovoga bostirib kirishdi, bu oxirgi kun edi, keyin Plexovo quladi», deb yozadi «Dva Mayora» Telegram-kanali. «Operatsiya Z: Voyenkory Russkoy Vesny» Telegram-kanali rus qo‘shinlari tomonidan bosib olingan Plexovodan olingan videoni e’lon qildi. Shaxsiy tarkibdagi askarlarning millatini aniqlash imkoni yo‘q.

Rossiya tomonidan bu xabarlar rasmiy tasdiqlanmagan. Bu voqealar haqida Kiyevdan ham izoh yo‘q.

10 dekabr, seshanba kuni Ukrainaning DeepState loyihasi tahlilchilari Rossiya Qurolli kuchlarining Plexovo yaqinida oldinga siljishi haqida xabar berishdi. Qishloqning bosib olinishini Germaniyaning Bild gazetasining OSINT tahlilchisi Julian Ryopke ham tasdiqlaydi. U ham, DeepState ham shimoliy koreyalikning janglarda ishtirok etgani haqida xabar bermagan.

Mavzuga oid