Jamiyat | 10:44 / 17.12.2024
7875
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent metrosi ilk marta bir kunda 1 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi

Millioninchi yo‘lovchiga poytaxt jamoat transportidan bir yil davomida bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasi sovg‘a qilindi.

Foto: Kun.uz

16 dekabr, dushanba kuni Toshkent metropoliteni ilk bor 1 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. 

Metropoliten axborot xizmati ma’lum qilishicha, millioninchi yo‘lovchi poytaxtda yashovchi Kozim Sohibov bo‘ldi. Unga «Chinor» bekati boshlig‘i Abdurahmon Abdug‘afforov esdalik sovg‘asi va bir yil davomida Toshkent jamoat transportidan (metro va avtobus) bepul foydalanish imkonini beruvchi transport kartasini topshirdi.

«Chinor» bekati hududida istiqomat qiluvchi Kozim Sohibov bu mukofot o‘zi uchun kutilmagan sovg‘a bo‘lganini aytdi. U «Tuzel» bekati hududidagi ishiga borish uchun har kuni metrodan foydalanishini ma’lum qildi.

Mavzuga oid