Toshkent viloyatida 8,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan sex fosh etildi
Mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexida gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzilmasdan, noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilgan.
«O‘zenergoinspeksiya» Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida o‘tkazilgan nazorat tadbirida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.
Qayd qilinishicha, Ohangaron tumanida joylashgan «N.» korxonasiga qarashli mineral o‘g‘it ishlab chiqarish sexida gaz ta’minoti korxonasi bilan shartnoma tuzmasdan 1 dona bug‘ qozoni va 2 dona ikki konturli isitish qozonida noqonuniy ravishda tabiiy gazdan foydalanilgan.
Ushbu qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra davlat manfaatlariga 8 mlrd 743 mln so‘mlik zarar yetkazilgani ma’lum bo‘lgan.
Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.
Mavzuga oid
23:07 / 21.12.2024
Toshkent viloyatida chiqindi poligonlari xizmat narxi oshiriladi
20:14 / 16.12.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
21:41 / 14.12.2024
Angren shahrida «Angren city» kompleksi quriladi
07:10 / 13.12.2024