Jamiyat | 08:14 / 18.12.2024
2650
1 daqiqa o‘qiladi

1,8 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan mayning bilan shug‘ullanuvchi shaxs ushlandi

Kripto-aktivlar ishlab chiqarishda noqonuniy mayning faoliyati bilan shug‘ullanuvchi shaxslar tomonidan energiya resurslarni talon-toroj qilinishini fosh etishga qaratilgan nazorat tadbirlari davom etmoqda. 

Foto: Bosh prokuratura

Bosh prokuratura xabar berishicha, Samarqand viloyati Ishtixon tumani Qaraquyli mahallasida joylashgan “M.G.M” oilaviy korxona rahbari X.Yo. korxonaga qarashli binoning yerto‘lasida mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulagan. 

Oqibatda, 1,8 mlrd so‘mlik 2 mln kVt.soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgan. 

Mazkur holat yuzasidan X.Yo.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (O‘g‘irlik) 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Mavzuga oid