«Axmat» qo‘mondoni Apti Alaudinov Kurskdagi universitetning faxriy professoriga aylandi
«Axmat» bo‘linmasi qo‘mondoni hamda Rossiya qurolli kuchlari harbiy-siyosiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Apti Alaudinov faxriy professor unvonini oldi. Uning jangchilari Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastiga hujum qilganida qarshilik ko‘rsatmagani uchun ayblangan edi.
«Axmat» bo‘linmasi qo‘mondoni hamda Rossiya qurolli kuchlari harbiy-siyosiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Apti Alaudinov Kurskdagi Janubi-g‘arbiy davlat universitetining faxriy professori unvonini oldi. Bu haqda oliy ta’lim muassasasining saytida ma’lum qilindi.
«Apti Aronovichni birinchi urashuvimiz vaqtida unga navbatdagi general-leytenant unvoni topshirilgani bilan tabriklayman. U universitetimizning faxriy professori bo‘lish taklfini iltifot bilan qabul qilishga rozi bo‘lganidan juda xursandman. Biz uchun bu katta sharaf», — deydi rektor Sergey Yemilyanov.
Yemelyanov, shuningdek, Alaudinovga «tantanali marosimning majburiy atributlari» — mantiya, konfederatka va professor attestatini ham topshirdi.
Universitet xabarida qayd etilishicha, 2013 yilda Alaudinov Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida siyosiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyasini himoya qilgan. Ta’kidlanishicha, u doktorlik dissertatsiyasini himoya qilishni ham rejalashtirmoqda.
Avgust oyida Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastiga hujum boshlaganida Apti Alaudinov ushbu operatsiyaga izoh berib kelgan asosiy rossiyalik harbiylardan biriga aylangandi. U RF qo‘shinlari Kursk oblastidagi vaziyatni nazorat qilayotgani, UQKning mintaqadagi operatsiyasi amalga oshmaganini bir necha bor ta’kidlab kelgan. Shu bilan birga, ukrain harbiylari hozir ham mazkur oblast hududida qolmoqda.
Ukraina hujumining dastlabki kunlarida Kursk oblasti chegarasini himoya qilishi kerak bo‘lgan «Axmat» jangchilari UQKga qarshilik ko‘rsatmagani uchun ayblangandi. Alaudinov UQK chechenistonlik harbiylarga to‘qnash kelmaganini aytgan. Shuningdek, u o‘z xohishi bilan asir tushgan (https://kun.uz/kr/news/2024/08/12/kursk-oblastida-axmat-jangchilari-asir-tushgani-videosi-paydo-boldi) chechenlarni qutqarmasligini, chunki ularning «yashashga haqi yo‘qligini» ma’lum qilgan.
Mavzuga oid
15:57 / 19.12.2024
Putin Kursk oblasti qachon ozod etilishi haqidagi savolga javob qaytardi
21:47 / 17.12.2024
The Economist: Ukraina Qurolli kuchlari Kursk oblastida egallagan hududining yarmini qo‘ldan chiqardi
18:38 / 06.12.2024
Putin Kursk oblasti gubernatorini almashtirdi
18:25 / 03.12.2024