Britaniyaning nufuzli universitetlaridan biri O‘zbekistonda filial ochishni rejalashtiryapti
O‘zbekistonda Esseks universiteti filialini tashkil etish masalasi muhokama qilindi.
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Britaniyaning Esseks universitetining xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha prorektori Vanessa Potter bilan uchrashuv o‘tkazdilar.
Tomonlar oliy ta’lim va ilmiy tadqiqotlar, jumladan, ikki tomonlama diplom berish dasturlari, o‘qituvchilar va talabalar almashinuvi, mazkur universitet filialini tashkil etish masalalarini muhokama qildilar.
Prorektor Vanessa Potter O‘zbekistonda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni va yoshlarning sifatli ta’lim olishi uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadi. "O‘zbekistonda Britaniya ta’lim standartlarini joriy etishdan manfaatdormiz. Hozir kunda universitetning O‘zbekistonda rasmiy filialini tashkil etish masalasi kun tartibidagi muhim masala hisoblanadi", - dedi u.
Muzokaralar yakunida mazkur yo‘nalishdagi muloqotni yanada jadallashtirishga kelishib olindi.
Esseks universiteti 1964 yilda tashkil etilgan. Ta’lim muassasasi Britaniya hukumatiga tegishli. Hozirgi kunda mazkur oliy ta’lim muassasasida salkam 17 ming talaba tahsil olmoqda.
Muassasada 2562 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritadi. Bu yerda talabalarga muhandislik va fizika sohalaridan tashqari biznes boshqaruvi, ijtimoiy fanlar va IT yo‘nalishlarida saboq beriladi.
Mavzuga oid
12:22 / 09.12.2024
Toshkentda "O‘zbek-fransuz" universiteti tashkil etiladi
11:35 / 09.12.2024
Britaniya Yangi Toshkentda barpo etiladigan obektlarni loyihalashda ishtirok etmoqchi
12:00 / 02.12.2024
Britaniya O‘zbekiston metallurgiya sohasiga investitsiya kiritishga qiziqish bildirmoqda
11:14 / 02.12.2024