O‘zbekiston | 16:15 / 18.12.2024
2805
1 daqiqa o‘qiladi

Kripto-aktivlar faoliyatini litsenziyalash narxlari belgilandi

Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdorlari belgilandi.

«Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash to‘g‘risida»gi buyruq Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Unga ko‘ra, kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi xizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdorlari to‘lash sanasida amalda bo‘lgan bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi baravarlarida belgilanadi:

- kripto-birja uchun – 73 400;

- mayning-pul uchun – 3 000;

- kripto-depozitariy uchun – 7 000;

- kripto-do‘kon uchun – 3 700.

Mavzuga oid