YeI gaz yetkazib beruvchilari Ukraina orqali tranzitni saqlab qolishga chaqirmoqda
Yevrokomissiyaga murojaat tayyorlagan SPP Slovakiya kompaniyasi rahbarining fikricha, Kiyev ham, yevropalik iste’molchilar ham Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini saqlab qolishdan foyda ko‘radi.
Slovakiyaning eng yirik gaz yetkazib beruvchi SPP kompaniyasi, shuningdek, Avstriya, Vengriya va Italiyaning bir qancha gaz kompaniyalari Yevropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayyenga Ukraina orqali gaz tranzitini saqlab qolishga chaqiruvchi murojaatnoma tayyorladi, deb xabar bermoqda Reuters agentligi 17 dekabr, seshanba kuni.
SPP rahbari Voytex Ferens kompaniyalarning ushbu qo‘shma xatini «yaqin kelajakda katta iqtisodiy zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan mintaqaning energiya xavfsizligi va iqtisodiyoti uchun bevosita mas’ul bo‘lgan biznes muhim ovozi» deb atadi. Ferensga ko‘ra, Ukrainadagi gaz infratuzilmasini saqlab qolish va bu mamlakat orqali gaz tranzitini davom ettirishdan Yevropa iste’molchilari ham, Kiyev ham foyda ko‘radi.
«Gazprom» va «Naftogaz Ukraina» o‘rtasidagi shartnoma tugayapti
Shu yil oxirida Rossiyaning «Gazprom» konserni va Ukrainaning «Naftogaz» davlat kompaniyasi o‘rtasidagi Rossiya Federatsiyasidan Ukraina orqali Markaziy Yevropaga gaz tranziti bo‘yicha shartnoma muddati tugaydi. Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini to‘xtatish Slovakiya, Chexiya, Vengriya va Avstriya kabi davlatlar uchun muammo tug‘dirishi mumkin, chunki ular ushbu ta’minotga qattiq qaram bo‘lib qolmoqda.
Slovakiya iqtisodiyot vaziri Denisa Sakovaning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari va korxonalarining Ukraina orqali tranzit bilan kelishi kerak bo‘lgan Rossiya gaziga bo‘lgan umumiy ehtiyoji 2025 yilda taxminan 15 milliard kub metrni tashkil qiladi.
Avstriya uchun esa bu muammo unchalik keskin emas, chunki u Italiya va Germaniya orqali ko‘k yonilg‘ining muqobil ta’minotini yo‘lga qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi va hozirda mamlakatning gaz omborlari to‘la.
RF gazining Ukraina orqali tranzitini saqlab qolishga chaqiriqni kim imzoladi
Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini davom ettirishga chaqiruvchi qo‘shma hujjat, Slovakiyaning TASR agentligi veb-saytida e’lon qilingan press-relizda aytilishicha, quyidagi kompaniyalar tomonidan imzolangan: SPP - Slovenske plynarensky priemysel, a.s., eustream, a.s., MOL Hungarian Oil and Gas plc, MVM Zrt., Gas Intensive Societa Consortile a.r.l., The Federation of Austrian Industries (Industriellenvereinigung), Confederation of Hungarian Employers and Industrialiss (BusinessHungary - MGYOSZ), National Union of Employers, Slovak republic.
Mavzuga oid
21:05 / 22.12.2024
Qatar Yevropaga gaz yetkazib berishni to‘xtatib qo‘yish bilan tahdid qildi
13:29 / 22.12.2024
Samarqandda tabiiy gaz va elektrdan qarzdorlikni yo‘q qilib bermoqchi bo‘lgan xodimlar ushlandi
22:14 / 21.12.2024
Ukrainada askarlar yetishmayotgani sabab havo hujumidan mudofaa harbiylarini yuborish buyurildi
20:38 / 21.12.2024