Jahon | 12:20 / 19.12.2024
2034
3 daqiqa o‘qiladi

Fransiya kassatsiya sudi Sarkoziga hukmni o‘zgarishsiz qoldirdi

Fransiya kassatsiya sudi sobiq prezident Nikolya Sarkoziga korrupsiya ishi bo‘yicha hukmni tasdiqladi. Bu bir yil uy qamog‘i va elektron braslet taqishni anglatadi. Uning advokati IHeSga murojaat qilmoqchi.

Foto: AR/Francois Mori

Parij kassatsiya sudi Fransiyaning sobiq prezidenti Nikolya Sarkoziga nisbatan korrupsiya, ta’sir va tergovga bosim o‘tkazish ishi bo‘yicha haqiqiy bir yillik qamoq jazosini nazarda tutuvchi apellyatsiya sudining qarorini o‘zgartirishni rad etdi, deb xabar qilmoqda jahon OAV chorshanba, 18 dekabr kuni.

Fransiyaning RFI media-kompaniyasi ta’kidlaganidek, sobiq davlat rahbari uchun bunday hukm misli ko‘rilmagan pretsedent. Endi 69 yoshli siyosatchi elektron brasletni taqib qo‘yish uchun jazoni ijro etish bo‘yicha sudya (JAP) huzuriga chaqiriladi.

Nikolya Sarkozining advokati Patris Spinozi aytishicha, sobiq davlat rahbari sud qaroriga bo‘ysunadi, biroq u o‘zining aybsizligini ta’kidlab, o‘z ishini Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga (IHYS) topshirish niyatida.

Kassatsiya sudi Fransiyadagi eng yuqori sud hisoblanadi.

Nikolya Sarkozi ishi

Nikolya Sarkoziga qarshi 2020 yil noyabr oyi oxirida boshlangan sud jarayoni prezidentlik lavozimini egallab turgan siyosatchi L'Oreal kosmetika kompaniyasi egalaridan biri, milliarder Lilian Bettankurdan xayriya bo‘yicha tergovga ta’sir o‘tkazishga uringan degan gumon bilan bog‘liq. U bu pulni 2007 yilda saylov kampaniyasini moliyalashtirish uchun ishlatgan bo‘lishi mumkin.

2013 yilda Sarkozi bu ayblov bo‘yicha oqlandi, biroq adliya organlari boshqa ish yuzasidan tergov doirasida olingan advokat bilan telefon suhbatlari yordamida unga qarshi yangi dalillar oldi.

2021 yil mart oyida sud Sarkozini uch yilga ozodlikdan mahrum qildi, shundan ikki yili - shartli jazo. Sud qaroriga ko‘ra, sobiq prezident elektron braslet taqqan holda yana bir yilni uy qamog‘ida o‘tkazishi kerak.

2023 yil 17 mayda Parijdagi apellyatsiya sudi bu hukmni o‘z kuchida qoldirdi. Sarkoziga uch yil muddatga saylovda qatnashish ham taqiqlangan.

Mavzuga oid