Iqtisodiyot | 14:02 / 20.12.2024
905
1 daqiqa o‘qiladi

Chet el valutasidagi operatsiyalarni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi belgilandi

O‘zbekiston buxgalteriya hisobining milliy standarti (22-sonli BHMS) “Chet el valutasida ifodalangan aktivlar va majburiyatlarning hisobi” Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Mazkur BHMS budjet, banklar va nobank kredit tashkilotlaridan tashqari mulkchilik shaklidan qat’iy nazar O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslarning chet el valutasidagi operatsiyalarini va chet eldagi bo‘linmalarning ma’lumotlarini buxgalteriya hisobida aks ettirish hamda ularni moliyaviy hisobotda yoritib berish tartibini belgilaydi.

Quyidagi operatsiyalar chet el valutasidagi operatsiyalar hisoblanadi:

▪️tovarlar, ishlar va xizmatlarni chet el valutasida xarid yoki realizatsiya qilish;
▪️to‘lanadigan yoki olinadigan summalari chet el valutasidagi pul mablag‘larini qarzga olish yoki qarzga berish;
▪️chet el valutasida aktivlarni xarid yoki realizatsiya qilish yoxud chet el valutasida majburiyatlarni qabul qilish yoki so‘ndirish. 

Chet el valutasidagi operatsiyani tan olishda uni amalga oshirish sanasidagi chet el valutasining so‘mga nisbatan Markaziy bankning kursi bo‘yicha tan olinadi.

Mavzuga oid