O‘zbekiston | 13:35 / 20.12.2024
14188
2 daqiqa o‘qiladi

Dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zbekiston bo‘yicha 20-22 dekabr kunlariga ob-havo prognozi berildi.

Foto: Kun.uz

Bugun kunduzi Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi

O‘zgidromet xabariga ko‘ra, shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Havo harorati 0...+5 daraja, janubda +8 darajagacha bo‘ladi.

Dam olish kunlari O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Harorat 21-22 dekabrda kechalari -5...-10 darajagacha pasayadi, kunduz kunlari -2...+3 daraja atrofida bo‘ladi.

Poytaxtda: bugun vaqti-vaqti bilan biroz qor yog‘adi, tuman tushadi. Harorat 0...+2 daraja bo‘ladi.

Shanba va yakshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari -5...-7 daraja, kunduz kunlari 0...+3 daraja bo‘ladi.

Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin.

Mavzuga oid