Londonda O‘zbekiston transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasi taqdim etildi
O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonov Londonda nufuzli CERGE-EI jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan "Yevrosiyo va transport yo‘laklari: ta’minot zanjiri, muhim minerallar va energiyaga o‘tish" mavzusidagi xalqaro konferensiyada nutq so‘zladi.
Tadbirda 15 dan ortiq davlatdan siyosiy, ishbilarmon va ekspert doiralarining vakillari ishtirok etdi.
Konferensiyada zamonaviy geosiyosiy muammolar sharoitida transport infratuzilmasini rivojlantirish va Yevrosiyoda barqarorlikni ta’minlash bilan bog‘liq dolzarb masalalar muhokama qilindi. Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining Transkaspiy yo‘nalishi bo‘ylab davlatlar bilan hamkorligini mustahkamlash, jumladan, raqamlashtirish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va o‘zaro bog‘liqlikni oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida mamlakatning tranzit, energiya ta’minoti va kam uglerodli qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratish, muhim foydali qazilmalarni rivojlantirish, tog‘-kon sanoati, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohalaridagi salohiyati ochib berildi. O‘zbekiston misolida ushbu asosiy tarmoqlarni rivojlantirish va investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan bozor va siyosatning rag‘batlantirish usullari batafsil bayon etildi.
Kun tartibidan kelib chiqqan holda, mamlakat Transport tizimini 2035 yilgacha rivojlantirish strategiyasiga e’tibor qaratilib, unda mahalliy yuklarning dengiz portlariga tezroq yetib borishi uchun transport yo‘laklarini shakllantirishga alohida e’tibor qaratildi.
Mavzuga oid
10:31 / 20.12.2024
Belgradda jamoat transporti bepul bo‘ladi
10:24 / 12.12.2024
Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport harakati cheklandi
12:50 / 29.11.2024
O‘zbekiston va Pokiston tarixiy transport muzeyini barpo etishga tayyorgarlik ko‘ryapti
07:32 / 28.11.2024