O‘zbekiston | 14:16 / 22.12.2024
2402
1 daqiqa o‘qiladi

2024 yil 10 oyda O‘zbekistonga kelgan sayyohlar soni ma’lum qilindi

O‘zbekistonga eng ko‘p sayyoh Qirg‘iziston, Tojikiston va Qozog‘istondan kelgan.

Foto: Kun.uz

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-noyabr oylarida qariyb 7,3 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,15 mln nafarga yoki 18,8 foizga oshgan.

Sayyohlarning mamlakatlar bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

Qirg‘iz Respublikasi - 2,1 mln nafar;

Tojikiston - 2,1 mln nafar;

Qozog‘iston - 1,4 mln nafar;

Rossiya - 741,2 ming nafar;

Turkmaniston - 171,2 ming nafar;

Turkiya - 108 ming nafar;

Xitoy - 66,6 ming nafar;

Hindiston - 63,4 ming nafar;

Koreya Respublikasi - 39,1 ming nafar;

Afg‘oniston - 38 ming nafar;

Boshqa davlatlar - 428,8 ming nafar.

Mavzuga oid