Anapa yaqinida tankerlar halokatga uchraganidan keyin 11 ta o‘lik delfin topildi
"Delfa" markazi direktorining so‘zlariga ko‘ra, mazut to‘kilishidan keyin Anapa va Azov dengizida o‘lik delfinlar topilgan.
Kerch bo‘g‘ozi yaqinida Rossiya tankerlarining halokatga uchrashi natijasida neft to‘kilishidan keyin 11 ta delfin o‘lik holda topilgan. Bu haqda 22 dekabr, yakshanba kuni Rossiya OAV «Delfa» ilmiy-ekologik markazi direktori Tatyana Beleyga tayanib ma’lum qildi.
«Oltitasi - qirg‘oqda, ikkitasi - suvda, bu - Novorossiysk va Blagoveshchenskaya stanitsasidagi plyajda», — dedi Beley. Gap Rossiya Federatsiyasining Qizil kitobiga kiritilgan Qora dengiz kichik turlari haqida ketyapti.
Sutemizuvchilarning jasadlari Anapa va Azov dengizida topilgan, ular mazut bilan qoplangan.
Qrimdan 50 tonnadan ortiq ifloslangan qum va tuproq olib chiqildi
Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining Qrim bo‘yicha Bosh boshqarmasi xabar berishicha, yarimorolda 60,3 tonna ifloslangan qum va tuproq to‘plangan, 50,6 tonnasi olib chiqilgan. Lenin tumanidagi bir hududda va Kerchdagi yettita hududda moy dog‘lari topilgan.
«Delfa» delfinlarni qutqarish ilmiy-ekologik markazi avtonom notijorat tashkilotdir. U 2017 yil oxiridan beri faoliyat ko‘rsatmoqda. Faoliyatning asosiy hududi — Krasnodar o‘lkasining Qora dengiz sohillari.
Anapa yaqinida mazut bilan ifloslanish maydoni deyarli 50 kmga oshdi
Mazutning to‘kilishi natijasida qirg‘oq chizig‘ining neft mahsulotlari bilan ifloslanishi Temryuk rayoni va Anapada 49 kmgacha oshdi. Bu haqda 18 dekabr kuni Krasnodar o‘lkasi tezkor shtabining Telegramʼdagi sahifasida ma’lum qilindi.
15 dekabr kuni Rossiyaning ikki yuk kemasi Qrim qirg‘oqlari yaqinidagi Kerch bo‘g‘ozi yaqinida cho‘kib ketdi. Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining xabar berishicha, "Volgoneft 212" tankeri shikastlangan va qumloqqa o‘tirib qolgan, "Volgoneft 239" esa zarar ko‘rganidan so‘ng "dreyfga tushgan".
Vitse-gubernator Aleksandr Nesterenko Anapa shahrida operativ shtab yig‘ilishini o‘tkazdi.
Mavzuga oid
07:50
Anapa aholisi mazut to‘kilishi sababli Putinga murojaat bilan chiqdi
11:30 / 19.12.2024
Anapa yaqinida mazut bilan ifloslanish maydoni deyarli 50 kmga oshdi
11:15 / 18.12.2024
Anapada sohildagi neft mahsulotlari tufayli favqulodda holat joriy etildi
23:51 / 26.11.2024