Davlat xaridlari tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqildi
Strategiya “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish, raqamli texnologiyalardan foydalanish, xavfni boshqarish, manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash, davlat xaridlarida tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish va boshqalarni nazarda tutadi.
Hukumat qarori bilan «2025-2027 yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasi» tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Strategiya quyidagilarni nazarda tutadi:
- barqaror davlat xaridlarini tizimli rivojlantirish, shu jumladan, “yashil” davlat xaridlarini kengaytirish;
- davlat xaridlari sohasida raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish;
- davlat xaridlari ishtirokchilarining shartnoma majburiyatlariga rioya etishini monitoring, tahlil va nazorat qilishning raqamli texnologiyalarga asoslangan kompleks dasturini joriy etish;
- davlat xaridlari sohasida xavfni boshqarish, manfaatlar to‘qnashuvi va affillanganlik holatlari, korrupsiya va qonunchilikka zid holatlarni aniqlash hamda ularning oldini olish choralarini ko‘rish;
- davlat xaridlarida tadbirkorlarning ishtirokini kengaytirish;
- davlat xaridlari sohasida normativ-huquqiy hujjatlar, o‘quv-uslubiy, ilmiy va axborot-tahliliy bazani takomillashtirish.
Shuningdek, 2025-2027 yillarda davlat xaridlari tizimini takomillashtirish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.
Mavzuga oid
14:34 / 20.12.2024
Yangilangan Bojxona kodeksi loyihasi ishlab chiqiladi
14:30 / 20.12.2024
O‘zbekistonda kamida 100 mlrd so‘m soliq to‘layotgan 142 nafar “chempion” tadbirkor paydo bo‘ldi
14:14 / 20.12.2024
Tadbirkorlarning tashqi moliya bozorlariga chiqishiga ko‘maklashuvchi markaz ochiladi
14:12 / 20.12.2024