WP: Ukraina hukumati urush 2025 yilda tugashiga ishonmoqda
The Washington Post so‘nggi haftada Volodimir Zelenskiy «o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligini namoyish etayotganiga» e’tibor qaratdi. Bunga frontdagi vaziyat yomonlashgani va Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylangani sabab bo‘lishi mumkin.
Ukrainalik yuqori martabali amaldor anonim qolish sharti bilan The Washington Post gazetasiga Ukraina hukumati urushi 2025 yilda yakunlanishi mumkinligiga «ishonishni boshlaganini» ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Ukraina hukumati Donald Tramp AQSh prezidenti etib saylanganidan keyin tinchlik muzokaralari haqida gaplar faollashgani fonida shunday o‘ylashni boshlagan.
WP manbasi tinchlik muzokaralari bo‘yicha ommaviy gap-so‘zlar bo‘lmaganida «bunga ishonmagan bo‘lishini» ta’kidlagan. «Men Putin bilan biror kelishuvga erishish mumkin deb o‘ylamayman», — deydi amaldor.
The Washington Post’ning qayd etishicha, so‘nggi haftada Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy «o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borishga tayyorligini namoyish etmoqda». Gazeta Zelenskiyning Ukraina egallab olingan barcha hududlar, jumladan, Qrimni ham qaytarib olmaguncha jang qilishi haqidagi ritorikasida «jiddiy o‘zgarish» bo‘lganini ma’lum qilmoqda.
Zelenskiyning gaplarini Ukraina va G‘arb rasmiylari ham payqagan. «Aftidan, buni front chizig‘ida vaziyat yomonlashgani va AQShda hokimiyat tepasiga kelajakda xavfsizlik sohasida Kiyevga ko‘rsatiladigan yordamlarni shubha ostiga qo‘ygan administratsiya kelgani bilan tushuntirish mumkin», — deb yozadi gazeta.
The Washington Post manbalari Rossiya qo‘shinlari front chizig‘ida muvaffaqiyatga erishmaguncha Vladimir Putin muzokaralarga tayyor bo‘lishiga shubha bildirmoqda.
AQSh davlat kotibi Entoni Blinken 19 dekabr kuni Amerikaning MSNBC telekanaliga bergan intervyusida ukrainaliklar «jangni davom ettirish yoki muzokaralar olib borish va o‘t ochishni to‘xtatishga urinish bo‘yicha fundamental qaror qabul qilishi kerak», degandi. Blinkenning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlarning amaldagi rahbariyati Kiyev va AQSh keyingi ma’muriyatini 2025 yilda Kreml bilan potensial tinchlik muzokaralarini boshlash uchun eng yaxshi holatga keltirishni maqsad qilgan.
Mavzuga oid
22:22 / 23.12.2024
Rossiyaning Suriyadagi bazalari: ular yopilsa, nima bo‘ladi?
20:41 / 23.12.2024
Rossiyada YouTube trafigi keskin kamaydi
19:55 / 23.12.2024
Unutilgan qahramon. Milliy ozodlik harakati rahbari Madaminbek kim edi?
13:31 / 23.12.2024