Iqtisodiyot | 16:12 / 25.12.2024
3127
2 daqiqa o‘qiladi

2025 yil uchun Davlat budjeti tasdiqlandi

Tegishli qonun 2025 yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

«2025 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilindi.

Qonun 2025 yil uchun O‘zbekistonning konsolidatsiyalashgan budjetini shakllantirish va ijro etish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.

2025 yil uchun birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘larining cheklangan miqdorlari tasdiqlandi.

Birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga respublika budjetidan ajratiladigan budjet mablag‘laridan faqat 2025 moliya yili davomida foydalaniladi va ular kelgusi moliya yiliga o‘tkazilmaydi.

2025 yil uchun O‘zbekiston konsolidatsiyalashgan budjeti taqchilligining cheklangan miqdori yalpi ichki mahsulotning 3 foizi miqdorida belgilandi.

2025 yil uchun quyidagilar tasdiqlandi:

- mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy va yuridik shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari;

- tovarlarning ayrim turlari bilan chakana savdo qilish huquqi uchun yig‘imlarning cheklangan stavkalari;

- chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekistonga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imlarning stavkalari.

Qonun 2025 yil 1 yanvardan kuchga kiradi.

Mavzuga oid