O‘zbekiston | 00:30
12598
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Sankt-Peterburgga bordi

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Sankt-Peterburgga bordi. O‘zbekiston prezidenti MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va YeOII yig‘ilishida ishtirok etadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasiga bordi, deb xabar beradi Prezident matbuot xizmati.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Shundan so‘ng O‘zbekiston prezidenti gubernator hamrohligida Isaakiy maydonida piyoda sayr qildi. 

Tashrif doirasida O‘zbekiston yetakchisi 25-26 dekabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida MDH davlatlari rahbarlarining norasmiy uchrashuvi hamda Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi maqomida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 7–8 oktyabr kunlari amaliy tashrif bilan Moskva shahrida tashrif buyurib, MDH davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi doirasidagi tadbirlarda ishtirok etgan edi.

Mavzuga oid