Jahon | 22:15 / 26.12.2024
4952
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil aviatsiyasi Yaman poytaxti aeroportiga zarba berdi

Bu zarbalar so‘nggi haftalarda xusiylarning Isroilga qilgan hujumlariga javob ekani ta’kidlanmoqda.

Foto: Reuters

Isroil aviatsiyasi husiylar nazorati ostidagi Yaman poytaxti Sana shahriga zarba berdi, deb yozdi The Times of Israel.

Isroil armiyasi (TSAHAL) bayonotida aytilishicha, zarbalar Sana aeroportidagi «husiy terrorchi rejimi tomonidan harbiy harakatlar uchun foydalaniladigan infratuzilma», shuningdek, Yaman g‘arbidagi Hudayda va Ras-Qanatib port shaharlaridagi ikkita elektr stansiyasi va infratuzilmasiga qaratilgan.

Zarbalar oqibatida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida ma’lumotlar yo‘q.

Bu zarbalar so‘nggi haftalarda xusiylarning Isroilga qilgan hujumlariga javob, deb ma’lum qildi TSAHAL.

21 dekabrga o‘tar kechasi husiylar Tel-Avivga raketa hujumi uyushtirdi. Hujum oqibatida 30 nafarga yaqin kishi jarohatlangan. Bungacha jangarilar 19 dekabr kuni Isroilga raketalar bilan hujum qilgan edi.

Mavzuga oid