O‘zbekiston | 13:17 / 26.12.2024
1064
2 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonning IT sohasiga investitsiya jalb etilishi mumkin

O‘zbekiston raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Saudiya Arabistoniga xizmat safari doirasida Podshoh Abdulaziz nomidagi ilm-fan va texnologiyalar shaharchasi prezidenti Munir Eldesouki bilan muzokara o‘tkazdi.

Foto: "Dunyo" AA

Unda O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni ilmiy-texnikaviy aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikda Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq bozorlari uchun moslashtirilgan sun’iy intellekt ilovalarini ishlab chiqish, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, transport, suv xo‘jaligi, ekologiya va boshqa yo‘nalishlarda sun’iy intellektga asoslangan qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish hamda innovatsion ekotizimni rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildilar. Shuningdek, har ikki mamlakat tadqiqotchilari o‘rtasidagi hamkorlikni jadallashtirish uchun forumlar o‘tkazish va Saudiya Arabistonidan O‘zbekistonning IT sohasiga investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlariga e’tibor qaratildi.

Podshoh Abdulaziz ilm-fan va texnologiyalar shaharchasi (King Abdulaziz City for Science and Technology, KACST) Saudiya Arabistonidagi yirik ilmiy va texnologik tadqiqot markazi hisoblanadi Markaz mamlakatning ilmiy-texnologik taraqqiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish maqsadida 1977 yilda tashkil etilgan. KACST Saudiya Arabistonidagi eng muhim ilmiy-ijodiy muassasalaridan biri sanaladi.

Mavzuga oid