O‘zbekiston | 20:18 / 27.12.2024
1317
1 daqiqa o‘qiladi

Kungaboqar urug‘i eksportiga taqiq bekor qilindi

Kungaboqar urug‘i eksportiga 2022 yil iyun oyida qo‘yilgan taqiq olib tashlandi.

Foto: Getty Images

«Kungaboqar urug‘ini yetishtiruvchilarning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, barcha xo‘jalik yurituvchi sub’yektlarga, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, 2024 yil 20 dekabrdan boshlab kungaboqar urug‘larini O‘zbekiston bojxona hududidan tashqariga olib chiqishga (eksport qilishga) ruxsat berildi.

Kungaboqar urug‘i va boshqa moyli ekinlar, shuningdek kungaboqar va boshqa o‘simlik moyi eksporti 2022 yil iyun oyida ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida taqiqlangan edi. Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasiga kungaboqar urug‘ining ichki bozorda yetarli hajmi mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu tovarlar eksportini qayta tiklash huquqi berilgandi.

Mavzuga oid