O‘zbekiston | 11:20 / 27.12.2024
42774
1 daqiqa o‘qiladi
Sinoptiklar yanvarda kutilayotgan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi
Bu yil yanvar oyining birinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha anomal sovuq yoki anomal iliq sharoit kutilmayapti.
«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, havo harorati yanvar oyi boshi uchun bo‘lgan o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin bo‘lib, kechalari –3...+2, kunduz kunlari +3...+8, shimolda kechalari –3...–8, kunduz kunlari 0...+5 daraja bo‘ladi.
Keyinchalik, oyning oxirigacha harorat kechalari +3...+8 darajadan –3...–8 darajagacha, shimolda –10...–15, kunduz kunlari +10...+15 darajadan –2...+3 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.
Harorat kechalari –10...–12, shimolda –17...–20 darajagacha qisqa davrga pasayishi ehtimoli bor.
Oyning ayrim kunlarida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda.