O‘zbekiston | 14:55 / 28.12.2024
3674
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda Hayrabot kanalida cho‘kayotgan 16 yoshli qiz qutqarib qolindi

Aytilgan manzilga tuman FVB qutqaruvchilari yetib borgunga qadar ushbu hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB kichik inspektori 16 yoshli qizni suvdan qutqarib olgan.

Kecha, 27 dekabr kuni soat 17:10 larda Buxoro viloyat FVBga Romitan tumani «Afrosiyob» MFY, Shifokorlar ko‘chasidan oqib o‘tuvchi Hayrabot kanalida bir nafar fuqaro cho‘kayotganligi to‘g‘risida xabar tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga tuman FV bo‘limi qutqaruvchilari yetib borgunga qadar ushbu hududda xizmat olib borayotgan tuman FVB kichik inspektori oddiy askar B.Qobilov 16 yoshli fuqaroni (qiz) suvdan qutqarib olgan.

Shundan so‘ng, qiz tuman shoshilinch tez-tibbiy yordam bo‘limiga yetkazilgan. Hozirgi vaqtda fuqaroning ahvoli yaxshi holda bo‘lib, shifokorlar nazoratida.

Mavzuga oid