"Davlat sirlari to‘g‘risida"gi qonun qabul qilindi
Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati prezident tomonidan belgilanadi. DXX davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
2024 yil 27 dekabrda “Davlat sirlari to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi
Qonun O‘zbekiston manfaatlarini ko‘zlab ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritishning huquqiy va tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Shuningdek, davlat sirlaridan foydalanish va ularni himoya qilish, davlat sirlari bilan bog‘lik boshqa faoliyatni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soladi.
Davlat sirlari sohasidagi yagona davlat siyosati prezident tomonidan belgilanadi.
Davlat xavfsizlik xizmati davlat sirlari sohasidagi maxsus vakolatli davlat organidir.
Ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish va ularni maxfiylashtirish O‘zbekistonda maxfiylashtirilishi lozim bo‘lgan ma’lumotlar ro‘yxatiga asosan amalga oshiriladi.
Davlat sirlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlari ma’lumotlarni davlat sirlari jumlasiga kiritish to‘g‘risidagi o‘z qarorlari uchun shaxsan javobgar bo‘ladi.
Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlar maxfiyligining kuyidagi uchta darajasi va ushbu darajalarga muvofiq bo‘lgan mazkur ma’lumotlarni tashuvchilar uchun maxfiylik griflari belgilanadi:
🔹maxfiylikning birinchi darajasi – “Alohida ahamiyatli”;
🔹maxfiylikning ikkinchi darajasi – “Mutlaqo maxfiy”;
🔹maxfiylikning uchinchi darajasi – “Maxfiy”.
Davlat sirlarini tashkil etuvchi ma’lumotlarni maxfiylashtirish muddati davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan sir uchun - 30 yildan va xizmat siri uchun - 10 yildan oshmasligi kerak.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Mavzuga oid
16:16 / 29.11.2024
«Temiryo‘l transporti to‘g‘risida»gi qonun imzolandi
11:50 / 20.11.2024
Prezident: 100 ta emas, 5 ta qonun qabul qilaylik, lekin xalqchil bo‘lsin, xalqimizga xizmat qilsin
17:35 / 18.11.2024
O‘zbekistonda ombudsman to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
09:59 / 13.11.2024