Aliyev: AZAL xavfsizlik nuqtayi nazaridan RF shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi
Azerbaijan Airlines samolyot halokatidan so‘ng «xavfsizlik muammolari» tufayli Rossiyaning ayrim shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi, dedi Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev mahalliy televideniyega bergan intervyusida.
Azerbaijan Airlines (AZAL) Bokudan Grozniyga uchayotgan Embraer 190 samolyoti halokatga uchraganidan so‘ng «xavfsizlik muammolari» tufayli Rossiyaning qator shaharlariga parvozlarni to‘xtatdi. Bu haqda prezident Ilhom Aliyev 29 dekabr, yakshanba kuni AZTV Ozarboyjon telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«AZAL Rossiyaning yetti shahriga parvozlarni noma’lum muddatga to‘xtatdi. Shu bilan birga, biz Rossiyaning uch shahridan Ozarboyjonga havo qatnovini to‘xtatib qo‘ydik. Xavfsizlik uchun birinchi o‘rinda turadi», dedi u. Aliyevning ta’kidlashicha, u bu shaharlarga parvozlar qachon tiklanishini bilmaydi, biroq Boku «Rossiya havo hududi xavfsizligi masalalarini» hisobga oladi.
RFda AZAL borti qo‘nayotgan vaqtda Grozniyga UUA hujum qilgani tasdiqlandi
Rosaviatsiya Azerbaijan Airlines (AZAL) samolyoti Grozniyga qo‘nayotgan vaqtda shaharga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari hujum qilganini tasdiqladi. «O‘sha kuni va o‘sha soatlarda Grozniy aeroporti hududidagi vaziyat juda og‘ir edi, o‘sha paytda Ukrainaning jangovar uchoqlari Grozniy va Vladikavkaz shaharlaridagi fuqarolik infratuzilmasiga terroristik hujumlar uyushtirdi. Grozniy aeroporti hududida maxsus rejim joriy qilindi, u barcha samolyotlarning belgilangan hududdan zudlik bilan chiqib ketishini nazarda tutadi», dedi 27 dekabr kuni idora boshlig‘i Dmitriy Yadrov.
Bundan tashqari, uning so‘zlariga ko‘ra, aeroport hududida 500 metr balandlikda zich tuman bo‘lgan. Uchuvchilar samolyotni ikki marta qo‘ndirmoqchi bo‘lgan, biroq muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Yadrovning aytishicha, samolyot komandiriga qo‘nish uchun Rossiya Federatsiyasining boshqa aeroportlari taklif qilingan, biroq u go‘yoki Qozog‘istonning Oqtov shahriga uchishga qaror qilgan. «Birgalikda o‘rganilishi kerak bo‘lgan juda ko‘p turli xil holatlar mavjud, biz hamkasblarimiz bilan hamkorlikda bu ishga to‘liq tayyormiz», dedi Rosaviatsiya rahbari.
Mavzuga oid
15:17 / 01.01.2025
«Boku Moskva bilan oldingi munosabatlarda qolmaydi» – ekspertlar Oqtovdagi fojia oqibatlari haqida
16:46 / 31.12.2024
Qozog‘istonda qulagan Ozarboyjon samolyoti: Rossiyaning xatosi nimada?
01:04 / 31.12.2024
Qozog‘istonga qulagan AZAL samolyoti bo‘yicha dastlabki tergov ma’lumotlari 30 kun ichida taqdim etiladi
17:25 / 30.12.2024