O‘zbekiston | 09:52 / 31.12.2024
31306
3 daqiqa o‘qiladi

1 yanvarda yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi mumkin

O‘zgidromet 1 yanvar, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo to‘g‘risida ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘ishi, qorga aylanishi mumkin. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+2, kunduzi +4...+6 daraja bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...–8, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...–5, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –3...+2, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand va Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 9–14 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi 0...+5, kunduzi +5...+10 daraja bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda qorga aylanishi mumkin. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...+3, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Harorat kechasi –2...–7, kunduzi -3...+2 daraja bo‘ladi.

Mavzuga oid