El Al kompaniyasi Moskvaga parvozlarni mart oxirigacha to‘xtatdi
AZAL samolyoti Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgani ma’lum bo‘lgach, El AL Moskvaga parvozlarni bir haftaga to‘xtatdi. Endi Isroilning milliy aviatashuvchisi parvozlar aprelgacha davom etmasligini e’lon qildi.
Isroilning El Al milliy aviatashuvchisi Tel-Avivdan Moskvaga parvozlarni to‘xtatib turish muddatini mart oyi oxirigacha uzaytirdi, deb yozdi The Times of Israel gazetasi 30 dekabr, dushanba kuni. Qozog‘istonda halokatga uchragan Ozarboyjonning Embraer 190 samolyoti Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tushirilgani ma’lum bo‘lgach, dastlab parvozlar bir haftaga to‘xtatib qo‘yildi. Gazeta aviakompaniya bayonotiga iqtibos keltirgan holda yozishicha, «vaziyatni har tomonlama baholashdan» so‘ng, El Al Tel-Aviv - Moskva yo‘nalishi bo‘yicha barcha parvozlarini «qish parvozlar jadvali oxirigacha» to‘xtatib qo‘yganini aytdi. Bayonotda, shuningdek, bu qaror mamlakat rasmiylari bilan muloqot asosida qabul qilingani qayd etilgan.
EL AL Ozarbayjon layneri halokatga uchragach, Rossiyaning qator aeroportlariga parvozlarni to‘xtatgan aviatashuvchilardan biriga aylandi. Azerbaijan Airlines (AZAL) kompaniyasi «xavfsizlik muammolari» tufayli Rossiyaning o‘nta shahriga parvozlarni vaqtincha to‘xtatganini e’lon qildi.
Qozog‘istonning Qazaq Air, FlyDubai va Turkmenistan Airlines (Turkmaniston havo yo‘llari) ham ayrim shaharlarga – asosan Rossiya janubiga parvozlar vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berdi.
Qozog‘iston AZAL samolyotining qora qutilarini Braziliyaga jo‘natdi
Azerbaijan Airlines samolyotining Oqtov yaqinida qulashi sabablarini o‘rganuvchi komissiya Braziliyaga jo‘nab ketdi. Bu haqda 30 dekabr kuni Qozog‘iston Transport vazirligining Telegramʼdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Unga ko‘ra, qora qutilar Braziliyaning Aviatsiya hodisalarini tekshirish va oldini olish markazi (CENIPA)ga yetkaziladi.
Embraer Braziliya kompaniyasining samolyotidan olingan parvoz yozuvlari ma’lumotlarni olish uchun Janubiy Amerika davlatiga yuborildi, deb xabar qildi Reuters Braziliya harbiy-havo kuchlari bayonotiga tayanib.
Bortda ovoz yozish moslamasi va parvoz ma’lumotlarini yozish moslamasidan olingan ma’lumotlar Braziliya aviatadqiqotchilarining laboratoriyasida qayta ishlanadi va bu jarayon Qozog‘iston, Rossiya va Ozarboyjon vakillari tomonidan nazorat qilinadi. Braziliya harbiy-havo kuchlariga ko‘ra, yozuvlar 31 dekabr kuni yetkaziladi.
Mavzuga oid
15:29 / 11.12.2024
Moskvadagi harbiy sud terrorizm bo‘yicha deyarli barcha ishlarni yashirdi
20:42 / 04.12.2024
Rossiyada «Krokus»dagi teraktga aloqador yana to‘rt kishi qo‘lga olindi
10:57 / 26.11.2024
Krokus terakti: gumondorlarni qamoqda saqlash muddati yana uzaytirildi, lekin buyurtmachi hamon aniq emas
11:47 / 13.11.2024