O‘zbekiston va Pokiston tahlil markazlari hamkorlik qilishni boshlaydi
O‘zbekiston elchisi Alisher To‘xtayev Pokistonning Muslim Institute tahlil markazi direktori o‘rinbosari Asif Tanvir bilan bilan uchrashdi.
Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Pokiston tahliliy markazlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma tadqiqotlar va tadbirlarni o‘tkazish masalalarini muhokama qilindi.
Ekspert O‘zbekiston rahbariyatining mintaqaviy bog‘liqlik tashabbusi nafaqat davlatlar o‘rtasida strategik aloqalarni chuqurlashtirish uchun muhim, balki ikki xalqni qayta birlashtiruvchi umumiy harakatlar dasturi bo‘lib xizmat qilishini ta’kidladi.
Shu jihatdan Muslim Institute O‘zbekiston tahlil markazlari va ekspertlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli tadbirlar va tadqiqotlarni tashkil etishga qiziqish bildirdi.
O‘zbekiston "aql markazlari" bilan onlayn-uchrashuvlar, qo‘shma tadbirlar va o‘zaro tashriflarni tashkillashtirishga kelishib olindi. Jumladan, Pokiston tomoni 2025 yil mart oyida Islomobodda o‘zaro munosabatlarning ustuvor yo‘nalishiga bag‘ishlangan qo‘shma ilmiy-amaliy seminar o‘tkazish tashabbusini ilgari surdi.
Mavzuga oid
21:23 / 28.12.2024
Pokiston-Afg‘oniston chegarasida janglar boshlandi
17:10 / 25.12.2024
Pokiston Afg‘onistondagi nishonlarga havodan zarba berdi
00:15 / 22.12.2024
Pokistonda Imron Xonning 25 nafar tarafdoriga hukm o‘qildi
14:56 / 19.12.2024