Pavel Durov rus media kanallariga Yevropa Ittifoqi sanksiya kiritganini tan oldi
Avvalroq, Rossiya ommaviy axborot vositalarining Telegram kanallari Yevropa davlatlarida ishlamay qolgan edi.
Yevropa Ittifoqidagi ba’zi rus media kanallariga kirish sanksiyalar va raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunlarga muvofiq cheklandi. Bu haqda Telegram asoschisi Pavel Durov xabar berdi.
«O‘z navbatida Telegram platformasidagi G‘arb media kanallaridan Rossiyada erkin foydalanish mumkinligicha qolmoqda. 2025 yilda rossiyalik Telegram foydalanuvchilari Yevropanikidan ko‘ra ko‘proq erkinlikka ega bo‘ladi, deb kim o‘ylardi?», deb yozdi Durov.
Avvalroq, Rossiya ommaviy axborot vositalarining Telegram kanallari Yevropa davlatlarida ishlamay qoldi.
Yevropa Ittifoqi foydalanuvchilari NTV, Rossiya-1, «Pervyy kanal», «Rossiyskaya gazeta», RIA Novosti va boshqa federal OAV kanallariga kira olmayotganidan shikoyat qilgan edi. Ular ushbu kanallar mahalliy qonunlarni buzgani haqida xabarnoma olayotganini ta’kidladilar.
Mavzuga oid
18:00 / 03.01.2025
Rossiyada qorbobo kiyimidagi erkak qarzi uchun do‘kon egasini otib o‘ldirdi
13:35 / 03.01.2025
Rossiya 72 ta dron bilan Ukrainaga hujum qildi
11:11 / 03.01.2025
Podolyak Rossiya bilan ehtimoliy muzokaralarni «illyuziya» deb atadi
09:36 / 03.01.2025