Venesuela Oliy sudi TikTokʼni 10 mln dollar jarimaga tortdi
TikTok Venesuelada 10 mln dollar miqdorida jarimaga tortildi. Ijtimoiy tarmoq sakkiz kun ichida jarimani to‘lashi va zararli kontent tarqalishining oldini olish uchun kerakli choralarni ko‘rishi kerak.
Venesuela Oliy sudi Oliy sudi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini insonning ruhiy va jismoniy salomatligiga zarar yetkazuvchi kontent tarqatgani uchun 10 million dollar miqdorida jarimaga tortdi.
«Venesuela Oliy sudi TikTokʼni mamlakat Milliy kommunikatsiya komissiyasiga mazkur qaror e’lon qilinganidan keyin sakkiz kun ichida to‘lanishi kerak bo‘lgan 10 million dollarlik jarimadan xabardor qiladi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoq insonning ruhiy va jismoniy sog‘lig‘iga zarar yetkazadigan virusli kontent tarqalishining oldini olish uchun zarur choralar ko‘rishi kerak», — deydi Oliy sud raisining o‘rinbosari Tanya D’Amelio.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu moliyaviy mablag‘lar hisobiga TikTokʼdan zarar ko‘rganlarga yordam ko‘rsatuvchi jamg‘arma tashkil etiladi. U eng avvalo ijtimoiy tarmoq faoliyatidan jabrlangan bolalar va o‘smirlarga ko‘maklashadi.
Oliy sud, shuningdek, TikTok kompaniyasi zimmasiga Venesuela qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish uchun vakolatxona ochish majburiyatini yuklagan.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro bir kun kelib mamlakatda WhatsApp, Instagram va TikTok’dan tashqari yangi ijtimoiy tarmoqlar paydo bo‘lishiga ishonch bildirgan edi.
Avvalroq Moskvaning Taganskiy sudi TikTok ijtimoiy tarmog‘ini «axborotdan foydalanishni cheklash tartibini buzganlik» uchun ma’muriy modda bo‘yicha 3 million rubl miqdorida jarimaga tortgandi. Shuningdek, Yevropa komissiyasi TikTok platformasiga qarshi Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda gumon qilib, rasmiy ish ochgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Bunga Ruminiyadagi prezidentlik sayloviga aralashish maqsadida platformadan foydalanganlik holatlari sabab bo‘lgan.
Mavzuga oid
23:22 / 28.12.2024
Donald Tramp AQSh Oliy sudini TikTokʼning bloklanishini kechiktirishga chaqirdi
12:56 / 28.12.2024
Rossiyada sud TikTok ijtimoiy tarmog‘ini 3 mln rubl jarimaga tortdi
21:15 / 22.12.2024
Albaniyada 14 yoshli o‘smirning o‘limi sabab TikTokʼdan foydalanish taqiqlanadi
20:34 / 17.12.2024