Rossiyaning eng katta mag‘lubiyatlaridan biri - Zelenskiy Rossiya gazi tranzitini to‘xtatilishi haqida
Ukraina prezidenti ta’kidlaganidek, «Rossiya energiya resurslarini qurolga aylantirishi va sheriklarini bema’ni energiya shantaji qilishi tufayli eng jozibali va geografik jihatdan qulay bozordan mahrum bo‘ldi».
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Rossiya gazining Ukraina orqali Yevropaga tranzitini to‘xtatilishi Moskvaning eng katta mag‘lubiyatlaridan biri ekanligiga ishonadi.
«25 yildan ko‘proq vaqt oldin Putinga Rossiyada hokimiyat berilganida, Ukraina hududi orqali Yevropaga yillik gaz yetkazib berish hajmi 130+ milliard kub metrni tashkil etgan edi. Bugungi kunda Rossiya gazining tranziti 0 ga teng», dedi Zelenskiy.
Ukraina prezidenti ta’kidlaganidek, Rossiya energiya resurslarini qurolga aylantirishi va sheriklarini bema’ni energiya shantaji qilishi tufayli eng jozibali va geografik jihatdan qulay bozordan mahrum bo‘ldi.
«Holatdan kelib chiqib, Yevropa davlatlarining mutlaq ko‘pchiligi bu kabi o‘zgarishlarga muvaffaqiyatli moslashdi... Biz yevropalik ba’zi siyosatchilarning vahimasiga sabr bilan turib berishimiz kerak, ular shaffof energetika siyosati o‘rniga Moskva bilan mafiozi sxemalarini afzal ko‘radi», dedi Zelenskiy.
Ukraina rahbari, shuningdek, Amerikaning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp aytganidek, Yevropaga gaz yetkazib berish hajmi oshishiga katta umid bildirdi. Zelenskiyning qo‘shimcha qilishicha, «Hamkorlik va bozordagi hamkorlarning maksimal takliflari narxlarni yanada qulay qiladi».
Ukraina prezidentining ishonchi komilki, bozorda Yevropaning haqiqiy hamkorlaridan gaz qancha ko‘p bo‘lsa, Yevropaning Rossiyaga energiya qaramligining so‘nggi salbiy oqibatlari shunchalik tez yengib chiqiladi.
2025 yil 1 yanvar kuni Ukraina o‘zining gaz transporti tizimi orqali Rossiya tabiiy gazini Yevropaga yetkazishni rasman to‘xtatdi. Ukraina «Gazprom» bilan tuzilgan shu mazmundagi shartnomani uzaytirmadi, bu milliy xavfsizlik manfaatlaridan kelib chiqqan holda qilingani ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
14:01
Bratislavada Ukraina bilan birdamlik aksiyasi bo‘lib o‘tdi
19:37 / 03.01.2025
«Tramp hal qilishi mumkin». Zelenskiy 2025 yildan umidlari va ikkinchi muddati ehtimoli haqida gapirdi
18:00 / 03.01.2025
Rossiyada qorbobo kiyimidagi erkak qarzi uchun do‘kon egasini otib o‘ldirdi
14:58 / 03.01.2025