Jahon | 16:16 / 02.01.2025
1393
1 daqiqa o‘qiladi

G‘azoda halok bo‘lganlar soni 45 553 nafarga yetdi

Eksklavni quruqlikdan, dengizdan va havodan o‘qqa tutish 453-kundirki to‘xtamayapti.

Foto: Anadolu Agency

2023 yil 7 oktyabrdan beri blokadadagi G‘azo sektorida halok bo‘lganlar soni 45 553 kishiga yetdi.

Eksklavni quruqlikdan, dengizdan va havodan o‘qqa tutish 453-kundirki to‘xtamayapti.

Isroil armiyasining 2023 yil 7 oktyabrdan beri uyushtirgan hujumlari natijasida jami 108 379 kishi jarohat olgan.

Minglab halok bo‘lganlarning jasadlari vayron bo‘lgan binolar ostida qolmoqda, biroq Isroil cheklovlari tufayli fuqarolik mudofaa guruhlari ularga yetib bora olmayapti.

Mavzuga oid