O‘zbekiston va rossiyalik olimlar ko‘cha zo‘ravonligini aniqlovchi neyron tarmoq yaratdi
Texnologiya ko‘chada sodir bo‘layotgan zo‘ravonlik holatlarining 98 foizini aniqlay oladi.
O‘zbekiston va Rossiya tadqiqotchilari jamoasi videokuzatuv kameralari ma’lumotlaridan foydalangan holda ko‘chadagi zo‘ravonlik harakatlarini avtomatik aniqlay oladigan neyron tarmoqni ishlab chiqdi. Bu haqda tadqiqot olib borilgan Janubiy Ural davlat universitetiga (JUDU) tayanib, “TASS” xabar berdi.
Mutaxassislarning aytishicha, ko‘cha videonazorat kameralari juda katta hajmdagi ma’lumotlar oqimini uzatadi. Natijada, mavjud neyron tarmoqlariga haddan tashqari bosim yuklanadi, chunki ular asosan binolar ichidagi kameralarga moslab ishlab chiqilgan. JUDU dotsenti Veronika Denisovich tataristonlik va o‘zbekistonlik hamkasblari bilan birgalikda yangi neyron tarmog‘ini yaratishda ko‘p ma’noli mantiqni qo‘lladi, bu esa ortiqcha yuklanish muammosini muvaffaqiyatli hal qilishga imkon berdi, deyiladi xabarda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, neyron tarmog‘i ko‘cha kuzatuv kameralari qayd etgan zo‘ravonlik holatlarining 98 foizdan ko‘prog‘ini aniqlay oladi.
Ishlab chiquvchilarning ta’kidlashicha, ushbu texnologiya shaharlarda xavfsizlikni oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, “Aqlli shahar” tizimining tarkibiy qismiga aylanishi mumkin. JUDU mutaxassislari texnologiyani yanada samaraliroq videokuzatuv tizimlarini yaratishda qo‘llash mumkinligini aytdi.
Mavzuga oid
19:31 / 08.01.2025
Olimlar qish mavsumi uchun eng foydali ichimlikni ma’lum qildi
16:40 / 07.01.2025
Xotirani yaxshilashda eng samarali bo‘lgan parhez aniqlandi
16:38 / 07.01.2025
Xitoyning “miya-kompyuter” interfeysi fikrlarni o‘qishni o‘rgandi
13:51 / 06.01.2025