2024 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan shaxmatchilar ma’lum qilindi
2024 yilda dunyoda faqat ikki nafar shaxmatchi million dollardan ko‘proq mukofot puli olgan. Bular hindistonlik 18 yoshli grossmeyster Gukesh Dommaraju hamda xitoylik Ding Liren. O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov esa o‘tgan yilda 12 ta asosiy turnirda ishtirok etib, qariyb 133 ming dollarlik pul mukofotlariga ega chiqqan.
2024 yilda shaxmat turnirlarida eng ko‘p mukofot pullarini qo‘lga kiritgan shaxmatchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
Qayd etilishicha, o‘tgan yilda yangi jahon chempioni, hindistonlik 18 yoshli grossmeyster Gukesh Dommaraju hamda xitoylik Ding Liren eng ko‘p daromad qilgan shaxmatchilar bo‘lishgan. Xususan, Dommaraju 1 mln 577 ming dollar, Liren esa 1 mln 183 ming dollar ishlab topgan.
So‘nggi yillarda umumiy reytingdagi peshqadamlikni hech kimga bermay kelayotgan Magnus Karlsenning shaxmat turnirlaridan yutgan daromadi 633 ming dollarni tashkil qilgan. O‘tgan mavsumda bor-yo‘g‘i 17 nafar shaxmatchi 100 ming dollardan ko‘proq mukofot puli olgan. Ular orasida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham bor. Jumladan, Abdusattorov ortda qolgan yilda o‘tgan musobaqalarda qariyb 133 ming dollarlik pul mukofotlariga ega chiqqan. Buning uchun u 12 ta asosiy turnirda ishtirok etgan.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, barcha davrlarning eng boy shaxmatchisi norvegiyalik Magnus Karlsen hisoblanadi. Butun faoliyati davomida u 10,7 million dollar yig‘gan. Undan keyingi o‘rinlarda mashhur jahon chempionlari Vishvanatan Anand (Hindiston) - 9,5 mln dollar, Garri Kasparov - 7,96 mln dollar va Anatoliy Karpov – 5,9 mln dollar.
Mavzuga oid
20:00 / 12.12.2024
Hindistonlik Gukesh Dommaraju shaxmat tarixidagi eng yosh jahon chempioni bo‘ldi
21:35 / 25.11.2024
Singapurda jahon shaxmat toji uchun bahs boshlandi
20:43 / 22.09.2024
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston erkaklar jamoasi bronza medallarni qo‘lga kiritdi
09:30 / 12.05.2024