Elektrotexnika sanoatida ayrim korxonalarga yangi soliq imtiyozlari berilishi mumkin
Mahalliylashtirilgan elektrotexnika mahsulotlari sotilishi uchun vazirlik va sanoat tarmoqlari kesimida 15 trillion so‘mlik kafolatli bozor tashkil qilinadi. Ijtimoiy obektlar uchun qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini mahalliy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilish tartibi ishlab chiqilmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 11 yanvar kuni elektrotexnika sohasidagi natijalar va galdagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.
Rasmiy relizga ko‘ra, bu sohaning sanoatdagi ulushi 3,5 foiz, tovarlar eksportida 10 foizni tashkil etadi. O‘tgan yili 31 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan, 1 milliard 300 million dollar eksport qilingan.
Taqdimotda “O‘zeltexsanoat” uyushmasi raisi bu yil hududlarda 4 milliard dollarlik 290 ta yangi loyihani boshlab, 600 million dollar investitsiya o‘zlashtirish, misni qayta ishlash darajasini 75 foizga yetkazish rejalarini aytdi.
Endi tadbirkorlarga texnoparklar hududida tayyor bino qurib, elektrotexnika va turdosh soha korxonalariga sotishga ruxsat berish mo‘ljallanmoqda. Yuqori texnologiyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ygan tadbirkorlarni uch yil muddatga foyda va mol-mulk solig‘idan ozod qilish taklif etilmoqda.
Mahsulotlar sotilishi uchun vazirlik va sanoat tarmoqlari kesimida 15 trillion so‘mlik kafolatli bozor ham tashkil qilinadi. Ijtimoiy obektlar uchun qayta tiklanuvchi energiya qurilmalarini mahalliy korxonalardan xarid qilish tartibi ishlab chiqilmoqda.
Eksportni yiliga 3 milliard dollarga, ishlab chiqarish hajmini 50 trillion so‘mga yetkazish imkoniyati bor, deb hisoblamoqda mutasaddilar.
Mavzuga oid
16:06 / 09.01.2025
G‘isht ishlab chiqarishda soliq stavkasi oshiriladi
12:11 / 08.01.2025
2024 yilda soliq tushumlari qariyb 200 trln so‘mga yetdi
14:43 / 04.01.2025
2025 yil uchun ijara haqining yangi minimal stavkalari belgilandi
18:00 / 05.12.2024