Strasburg Markaziy vokzalida ikki tramvay to‘qnashib ketdi
Hodisa oqibatida 50 dan ortiq inson jarohat olgan. To‘qnashuv yo‘nalish ko‘rsatkichini yoqishdagi xatolik sabab sodir bo‘lgan.
Fransiyaning Strasburg shahri vokzali yaqinida ikkita tramvay bir-biri bilan to‘qnashib ketdi, deb xabar beradi BFM TV. Yong‘in-qutqaruv xizmatiga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa Markaziy vokzal bekatida sodir bo‘lgan.
Quyi Reyn prefekturasining ma’lum qilishicha, avariya Markaziy vokzal yaqinidagi bekatga eltuvchi tunnelda yuz bergan. Hodisa oqibatida 50 dan ortiq inson jarohat olgan. BFM’ning politsiyadagi manbalariga ko‘ra, to‘qnashuv yo‘nalish ko‘rsatkichini yoqishdagi xatolik sabab sodir bo‘lgan.
Strasburg transport komissiyasi (Cs) to‘qnashuv tufayli tramvay tarmog‘i faoliyatida «uzilishlar» yuzaga kelgani, avtobuslar esa Markaziy vokzal hududiga endi kira olmayotgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.
2024 yil 25 dekabr kuni Parij—Lion yo‘nalishida harakatlanuvchi poyezdlar mashinistning harakatdagi poyezddan tushib ketishi oqibatida bir necha soatga to‘xtatilgan edi. Ish bilan shug‘ullangan Melyon prokuraturasining dastlabki taxminlariga ko‘ra, mashinist o‘z joniga qasd qilgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
10:43 / 11.01.2025
Toshkent metrosiga yana 3 ta yangi poyezd olib kelindi
19:52 / 08.01.2025
Fransiya Yevrokomissiyani Ilon Maskka qarshi chora ko‘rishga chaqirdi
23:06 / 06.01.2025
Makron Ilon Maskni Germaniyadagi saylovlarga aralashishda aybladi
20:51 / 06.01.2025