Xitoyda yangi trend: ota-onalar farzandlarini maktabga olib borish uchun kurer yollamoqda
Dastlab bunday g‘oya haqida xitoylik ayollardan biri ijtimoiy tarmoqlarda yozgan: u qishda ertalab turishga qiynalishini ta’kidlagan. Keyinchalik boshqa ota-onalar unga ergashgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda xitoylik ayol qishda farzandini maktabga olib bora olmasligini, chunki sovuqda ertalab 6:30 da turish juda qiyinligini yozdi. Shundan so‘ng, u yechim sifatida kurer xizmatidan foydalanishga qaror qilgan: ayol bolasini maktabga olib borish uchun ovqat yetkazib beruvchini yollagan. Keyinchalik, Xitoydagi boshqa fuqarolar ham uning ishini takrorladi, deb yozmoqda South China Morning Post.
Ayolning postiga qoldirilgan izohlarida odamlar uning juda “aqlli g‘oya” berganini ta’kidlay boshlagan: “Bolalarni olib ketish va jo‘natmalarni yetkazib berish — bu aslida bir xil ish, eng muhimi, ular butun va bexatar manzilga yetib borishsa, bas”.
Masalan, Henan provinsiyasidan Jyen ismli ayol shu g‘oyadan ilhomlangan. Ayolning aytishicha, u tuni bilan ishlaydi, shu sababli ertalab qattiq charchaydi va farzandini maktabga olib bora olmaydi. Shu bois, u ham tez-tez kurerlarni yollashni boshlagan.
“Kurerlar bolalarga juda yaxshi munosabatda bo‘lyapti, u bolani maktabga eson-omon olib boradi va menga dalil sifatida video yuboradi”, — dedi u.
Jyenning fikricha, oziq-ovqat yetkazib beruvchilarga ishonsa bo‘ladi, chunki ular professional tayyorgarlikdan o‘tadi. Chendu provinsiyasidagi yana bir ayol ham shu maqsadda kurer yollaganini tan oldi: faqat bir marta — o‘shanda ko‘chada kuchli yomg‘ir yoqqan va u tirbandlik tufayli bolani maktabga vaqtida olib borolmasligidan qo‘rqqan.
Biroq ba’zi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari onalarni mas’uliyatsizlikda aybladi. Ko‘pchilik kurerlarni yaxshi haydovchi emas, deb hisoblaydi. Buning ustiga, ularda doim ham ikkinchi “kaska” bo‘lavermaydi. Ko‘p o‘tmay, muhokamalarga yetkazib berish kompaniyalari ham qo‘shildi. Ular odamlarni tashish xizmatini ko‘rsatmasligini ta’kidladi va agar kurerlar bu ish bilan shug‘ullanayotgani aniqlansa, ularni jazolashga va’da berdi.
Mavzuga oid
10:56
Trampga Grenlandiya nima uchun kerak?
16:56 / 10.01.2025
Qozog‘iston O‘zbekiston bilan chegaradagi nazorat-o‘tkazish punktlarini yangilaydi
22:59 / 08.01.2025
WSJ: Xitoy raisi mashhur iqtisodchini jazolashni buyurdi
20:22 / 08.01.2025