Britaniya shifoxonalarida navbatlar sabab kuniga 50 ga yaqin odam vafot etmoqda - The Times
Mamlakatda kuniga 5 ming odam grippga chalinmoqda, bu esa shifoxonalarga yuklamani oshirgan.
Buyuk Britaniyada har kuni 50 ga yaqin odam tibbiyot muassasalarida navbat kutib, vafot etmoqda, deb xabar berdi The Times gazetasi shifokorlar tomonidan o‘tkazilgan tahlilga asoslanib.
Grippga chalingan bemorlar oqimi tufayli shifoxonalarga katta yuklama tushgan, bu esa bemorlarga yordam ko‘rsatishni kechiktirmoqda. Nashrning yozishicha, shu sababli tibbiyot muassasalarida bemorlar uchun “xavfli” va “ayanchli” sharoitlar yuzaga kelmoqda.
Britaniyada gripp bilan kasallanish holatlari soni kuniga 5 minggacha ko‘tarildi, deb ma’lum qilgan Milliy sog‘liqni saqlash xizmati rahbarlari.
Sakkizta yirik shifoxonada favqulodda vaziyat e’lon qilindi, ularning birida tibbiy yordam kutish muddati 50 soatgacha cho‘zilishi mumkin. Nashr statistik ma’lumotlarga tayanib xabar berishicha, hozirda kasallanish holatlari soni 2024 yilning shu davriga nisbatan qariyb 3,5 barobar yuqori.
Eslatib o‘tamiz, Xitoyning ko‘plab hududlarida odam metapnevmovirusi bilan kasallanish holatlari aniqlanayotgani xabar berilgandi.
Ayni vaqtda O‘zbekistonda ham o‘tkir respirator infeksiyalarga chalinish holatlarining mavsumiy ko‘tarilishi kuzatilmoqda.
Ushbu respirator infeksiyalarning so‘nggi laboratoriya tahlillari natijasiga ko‘ra: 36,9 foizda gripp virusi, 30,2 foizda rinovirus, 28,6 foizda respirator-sinsitial virus, 1,2 foizda metapnevmovirus va 3,1 foizda boshqa viruslar aniqlangan.
Mavzuga oid
21:01 / 13.01.2025
Britaniyalik bokschi Tayson Fyuri faoliyatini yakunladi
17:10 / 13.01.2025
Britaniya biznesi yangi xodimlarni yollash o‘rniga sun’iy intellektdan foydalanishni afzal ko‘rmoqda
19:37 / 12.01.2025
Britaniya sudi Apple kompaniyasiga qarshi 1,5 mlrd funtlik da’voni ko‘rib chiqadi
19:15 / 11.01.2025