Engelsda neft bazasidagi yong‘inni besh kundan beri o‘chirib bo‘lmayapti
Saratov oblastidagi sanoat korxonasida 8 yanvar kuni Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining hujumidan keyin sodir bo‘lgan yong‘inni o‘chirish davom etmoqda. Mahalliy gubernatorning so‘zlariga ko‘ra, «yonilg‘i yonib bo‘lishi» jarayoni nazorat ostida davom etmoqda.
Saratov oblastining Engels shahrida beshinchi kundirki, Ukraina uchuvchisiz uchoqlarining navbatdagi zarbasidan keyin yonishni boshlagan Rosrezerv neft bazasidagi yong‘in o‘chira olinmayapti. «Engelsdagi sanoat korxonasidagi yong‘in maydoni 80 foizga qisqardi. Tutun miqdori ham sezilarli darajada kamaydi», deb yozdi mintaqa gubernatori Roman Busargin 12 yanvar, yakshanba kuni Telegramʼda «favqulodda vaziyatlar xizmatlari bilan» uchrashuvdan so‘ng. «Yonilg‘i yonib bo‘lishi jarayoni davom etmoqda, mutaxassislar barcha zarur choralarni ko‘rmoqda», — deyiladi xabarda.
Bir necha soat o‘tgach, Busargin «Rospotrebnadzor mutaxassislaridan bugun ertalab yong‘in sodir bo‘lgan hududdagi havo namunalari natijalarini» olganini, u yerda «zararli moddalarning ortiqcha konsentratsiyasi aniqlanmagani» haqida yozdi. Ushbu postga qoldirilgan sharhlarda mahalliy aholi, gubernatorning Telegram-kanaliga obuna bo‘lganlar bu ma’lumotning to‘g‘riligiga yana bir bor turli yo‘llar bilan shubha bildirdi.
Engelsda dronlar hujumidan keyin favqulodda holat e’lon qilindi
Saratov oblastining Engels shahrida 8 yanvar kuni ertalab Rosrezerv neft bazasiga Ukraina uchuvchisiz uchoqlari tomonidan berilgan zarbadan so‘ng yong‘in hududi kechga yaqin kuchaygan, shu munosabat bilan rasmiylar favqulodda holat e’lon qildi. Bu haqda mintaqa gubernatori Roman Busargin ma’lum qildi. Uning Telegramʼdagi xabarida «sanoat korxonasi» zarar ko‘rgani haqida so‘z boradi.
Busarginning so‘zlariga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in xavfsizligi xizmatining ikki xodimi halok bo‘lgan, bir o‘t o‘chiruvchi jarohatlangan. Avvalroq u qurbonlar yo‘qligi va «yong‘inni o‘chirish uchun yetarli kuch va vositalar mavjudligini» yozgan edi.
Gubernatorning ta’kidlashicha, dronlar havo hujumidan mudofaa kuchlari tomonidan urib tushirilgan, biroq u ta’kidlaganidek, «Engelsdagi sanoat obektiga dron parchalari qulagan». Internetda yong‘in aks etgan surat va videolar paydo bo‘ldi.
Keyinchalik yorqin chaqnash aks etgan video e’lon qilindi, shundan so‘ng yong‘in yanada kuchaygan.
Mavzuga oid
11:17 / 13.01.2025
Kaliforniyadagi yong‘inlar qurbonlari soni 24 kishiga yetdi
19:58 / 12.01.2025
Los-Anjyelesdagi yong‘in kelib chiqishining texnogen sababi o‘rganiladi
14:56 / 12.01.2025
Los-Anjyeles nega yonmoqda?
09:34 / 12.01.2025