Jizzaxda ilonni tiriklay yeb yuborgan shaxs jarimaga tortildi
Zominda ko‘lvor ilonini tiriklay yegan fuqaro 7,5 mln so‘m jarima to‘laydigan bo‘ldi. Shuningdek, 1 mln 125 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar ham hisoblangan.
Jizzax viloyati Zomin tumanida ilonni tiriklay yegan shaxsga jarima qo‘llanildi. Bu haqda Jizzax viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro ko‘lvor ilonni tiriklay yegani aks etgan video lavha tarqalgan. Holat yuzasidan Zomin tuman Ekologiya inspeksiyasi va IIB xodimlari o‘rganish olib borgan.
O‘rganish davomida bu ishni fuqaro Q.H. sodir etgani aniqlangan. Fuqaro bu harakati bilan «Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida»gi qonunining 4, 30, 51, 53-moddalari talablarini buzgan.
Davlat inspektorlari tomonidan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 90-modda 1-qismi (Ov qilish va baliq ovlash qoidalarini, shuningdek, hayvonot dunyosidan foydalanishning boshqa turlarini amalga oshirish qoidalarini buzish, jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmasa) bilan BHMning 20 baravari (7,5 mln so‘m) miqdorida jarima qo‘llangan.
Shuningdek, 1 mln 125 ming so‘m miqdorida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblangan.
Mavzuga oid
10:17 / 03.12.2024
Qo‘shrabotdagi bog‘cha va maktablarda tegishli hujjatlarsiz ilon tomoshalari o‘tkazildi. IIV holatni o‘rgandi
16:53 / 02.12.2024
Ishtixonda uch metrlik bo‘g‘ma ilon uyda saqlanayotgani aniqlandi
17:05 / 25.11.2024
Zominda ota va o‘g‘il qo‘shni er-xotinni o‘ldirib qo‘ydi. Bunga 22 yillik adovat sabab bo‘lgan
22:34 / 03.10.2024