New Gleen raketasi parvozi startga 15 daqiqa qolganda bekor qilindi
Jyeff Bezos tomonidan tashkil etilgan Blue Origin kompaniyasi kelajakda tijoriy va davlat buyurtmalarini bajarishga mo‘ljallangan New Gleen raketasini sinovdan o‘tkazmoqda. 45 tonnagacha yukni orbitaga olib chiqishga qodir raketaning balandligi 98 metrni tashkil etadi.
New Gleen og‘ir raketasining 13 yanvarga rejalashtirilgan birinchi test parvozi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi. Bu haqda ushbu raketani yaratgan Blue Origin kompaniyasi ma’lum qildi. Kompaniya Amazon asoschisi Jyeff Bezos tomonidan tashkil etilgan.
Raketa starti Floridadagi Kanaveral burnida joylashgan Kosmik kuchlar bazasidan uchishiga taxminan 15 daqiqa qolganida bekor qilingan.
Avvaliga raketa 10 yanvarda uchishi kerak edi, ammo u noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir necha bor qoldirilgan. Sinov doirasida raketa orbitaga kelajakda tijoriy va davlat buyurtmalariga, jumladan, Pentagonga xizmat ko‘rsatuvchi Blue Ring foydali yukini olib chiqishi kerak bo‘lgan.
Raketaning ko‘p martalik birinchi pog‘onasi Atlantikadagi dengiz platformasiga qo‘nishni amalga oshirishi kerak edi.
Balandligi 98 metrni tashkil etadigan New Glenn raketasi ikki pog‘onadan iborat. Birinchi pog‘onasi ko‘p martalik bo‘lib, undan 25 martagacha foydalansa bo‘ladi. Tashuvchi raketa Yerning pastki orbitasiga 45 tonnagacha foydali yukni, geostatsionarga esa 13 tonna yukni olib chiqishga qodir.
Mavzuga oid
08:36 / 20.05.2024
Blue Origin koinotga sayyohlarni jo‘natishni qayta boshladi
16:04 / 30.04.2018
Video: Blue Origin raketasining uchirilishi
10:52 / 30.04.2018
Jyeff Bezos kompaniyasi suborbital raketani muvaffaqiyatli uchirdi va qo‘ndirdi
00:45 / 13.09.2016