Samarqand shahrida bir kunda 5 erkak vafot etdi. Ular aroqdan zaharlangani taxmin qilinmoqda
Vafot etganlar shaharning Nurafshon, Shukrona va Madaniyat mahallasida istiqomat qilgan. Ularning eng kichigi 39 va eng kattasi 72 yoshda bo‘lgan. Marhumlarning 4 nafari uyida, biri shifoxonada vafot etgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida 13 kishi qo‘lbola aroqdan zaharlanib vafot etgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Kun.uz holatga aniqlik kiritish maqsadida Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsuddinov bilan bog‘landi.
Uning tahririyatga bergan dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, 11 yanvar kuni Samarqand shahrida 5 kishi vafot etgan. Ular shaharning Nurafshon mahallasida yashovchi 63 yoshli A.M., 50 yoshli J.B., Shukrona mahallasida yashovchi 72 yoshli V.B., 56 yoshli A.U. hamda Madaniyat mahallasida yashovchi 39 yoshli O.T. bo‘lgan.
Marhumlarning 4 nafari o‘z yashash xonadonida, biri esa shifoxonada vafot etgan. Ularning aksariyati spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan shaxslar bo‘lgani bildirilgan.
Qayd etilishicha, ayni paytda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Marhumlarning o‘limi sababini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan.
Avvalroq Andijonda 5 kishi spirtli ichimlikdan zaharlanib vafot etgandi.
Mavzuga oid
12:42 / 12.01.2025
Uchta viloyatda energiya resurslariga noqonuniy ulanish holatlari fosh etildi
20:55 / 11.01.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida yangi temiryo‘l qatnovi yo‘lga qo‘yilishi mumkin
16:57 / 11.01.2025
Samarqandda oltin kovlashga chiqqan 2 fuqaro vafot etdi
14:00 / 10.01.2025