Shvetsiya fuqarolik xizmatiga chaqiriluvchilar sonini 10 baravarga oshirmoqchi
Shvetsiyada muqobil xizmat 1990 yillarda moliyalashtirishning qisqarishi tufayli bosqichma-bosqich to‘xtatilgan edi. 2024 yildan mamlakat hukumati bu turdagi xizmatni qayta tiklashni boshladi.
Shvetsiya fuqarolik mudofaasi bo‘yicha ishlar vaziri Kars-Oskar Bolin hukumat bir necha yil ichida fuqarolik xizmatiga jabl etiladigan aholi sonini o‘n baravarga oshirish niyatida ekanini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2024 yilda mamlakatda fuqarolik chaqiruvi tiklanganidan keyin 300 kishi tayyorgarlikdan o‘tgan.
«Yuqori shaylik davri va urush holatida aholini himoya qilish hamda shaxsiy tarkib ta’minotining uzluksizligini ta’minlash fuqarolik mudofaasining markaziy elementi hisoblanadi va aholining omon qolishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etishi mumkin», — deydi Kars-Oskar Bolin.
Shvetsiyada muqobil xizmat 1990 yillarda moliyalashtirishning qisqarishi tufayli bosqichma-bosqich to‘xtatilgan edi. 2024 yil yanvarda hukumat qutqaruv xizmati va elektr ta’minoti sohasidagi ishlar uchun tegishli tayyorgarlikdan o‘tganlarning fuqarolik xizmatga chaqiruvini qayta tikladi. Rasmiylarning ta’kidlashicha, ijtimoiy ahamiyatga ega xizmatlarda kadrlar salohiyati «hatto yuqori tayyorgarlik yoki urush holatida ham» muhim ahamiyatga ega.
Noyabr oyida Frankfurter Allgemeine Zeitung (FAZ) gazetasi Germaniya Qurolli kuchlari (Bundesver) Rossiya bilan ehtimoliy urushga tayyorgarlik ko‘rish uchun kompaniya vakillariga tushuntirish ishlari olib borishni boshlaganini yozgandi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hukumat harbiy bosqin holati uchun «Nemis tezkor rejasi» nomli maxfiy hujjatni tayyorlab qo‘yganini ma’lum qilgan. Unda, xususan, harbiy maqsadlar vaqtida alohida himoyalash kerak bo‘lgan barcha inshoot va infratuzilma obektlari keltirilgan. Shuningdek, hujjatdan mudofaa holati uchun batafsil harakatlar rejasi ham o‘rin olgan.
Dekabrda esa NATO bosh kotibi 5 yildan keyin Rossiya bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishga chaqirgandi. Mark Ryutte Bryusseldagi chiqishi davomida mudofaani mustahkamlash bo‘yicha hozirgi sa’y-harakatlarni yetarlicha emas deb baholab, «Hozir Ukrainada sodir bo‘layotgan voqealar biz bilan ham yuz berishi mumkin», degan.
Mavzuga oid
11:39 / 08.01.2025
Shvetsiyada Tesla’ga qarshi ish tashlash sabab 100 dan ortiq zaryadlash stansiyasi elektr energiyasidan uzib qo‘yildi
22:51 / 17.12.2024
Shvetsiya boshpana taqdim etish qoidalarini kuchaytiradi
11:10 / 28.11.2024
Shvetsiyadagi sammit ishtirokchilari RFga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga tayyor
22:14 / 19.11.2024