Jahon | 11:25
570
3 daqiqa o‘qiladi

Shvetsiya NATOning Boltiqda kabellarni himoya qilish bo‘yicha operatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi

NATOning Boltiq dengizidagi patrul operatsiyasi u yerdagi chuqur dengiz kabellari bir necha marta shikastlangani, bu diversiyalar natijasi bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar fonida o‘tkazilmoqda.

Foto: Antti Aimo-Koivisto/Lehtikuva/dpa//picture alliance

Shvetsiya Boltiq dengizidagi chuqur dengiz aloqa kabellarini himoya qilishga mo‘ljallangan NATO operatsiyasida ishtirok etish uchun uchta harbiy kema va bir radar kuzatuv samolyotini yubormoqda. Bu haqda Skandinaviya qirolligi bosh vaziri Ulf Kristersson 12 yanvar, yakshanba kuni Shvetsiyaning Selen shahrida bo‘lib o‘tgan xavfsizlik anjumani chog‘ida ma’lum qildi.

«Ushbu harbiy kemalar NATO qo‘mondonligi ostida bo‘ladi va Boltiq dengizidagi vaziyatdan xabardor bo‘lish uchun yaxshi sharoit yaratadi. Bu Shvetsiyaning katta va muhim hissasidir», dedi qirollik mudofaa vaziri Pol Yonson o‘z nutqida. 

NATOning Boltiq dengizini patrul qilish operatsiyasi u yerdagi chuqur dengiz kabellari shikastlangan bir necha holatlar fonida amalga oshirilmoqda, bunda Rossiyaning «soyadagi floti» deb ataladigan tankerlar va Xitoyning Yi Peng 3 kemasi ishtirok etgan bo‘lishi mumkin. Operatsiyaga qancha NATO kemalari jalb qilinadi haqida Shimoliy Atlantika alyansining Bryusseldagi qarorgohi xabar bermadi. Dpa agentligiga ko‘ra, ular o‘nga yaqin bo‘ladi.

Ulf Kristersson Selendagi brifingda aniq ayblovlarsiz, Boltiq dengizida vaqti-vaqti bilan «g‘alati narsalar» sodir bo‘layotgani ularning ortida dushmanlik niyati turganini anglatishi mumkinligini ta’kidladi. «Shvetsiya va uning qo‘shnilari endi bunga toqat qilmaydi», dedi u.

NATO Boltiqbo‘yidagi muhim suvosti obektlarini qo‘riqlaydi

NATO kemalari Boltiq dengizidagi muhim suvosti obektlarini qo‘riqlaydi. Bu haqda Finlyandiyaning Yle teleradiokompaniyasi 7 yanvar kuni ma’lum qildi.

Uning ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya hafta oxirida boshlanadi va aprelgacha davom etadi. Hammasi bo‘lib o‘nga yaqin kemalar ishtirok etadi.

Fin ko‘rfazida xavfsizlik birinchi navbatda Finlandiya va Estoniya kuchlari tomonidan amalga oshiriladi. Boltiq dengizida boshqa davlatlarning kemalari energiya va IT kabellari yonida navbatchilik qiladi.

2024 yil 30 dekabrda Shimoliy Atlantika alyansi akvatoriyada mavjudligini kuchaytirishga qaror qildi.

Mavzuga oid